Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Siyosatchiga aylangan futbolchilar: Omadsizlar klubi (1-qism)yo

Siyosatchiga aylangan futbolchilar: Omadsizlar klubi (1-qism)yo

Baho:
+ | -

Futbolchilik ko‘plab boshqa soha va kasblardan faoliyatning erta yakunlanishi bilan farq qilishi hech kimga sir emas. Hamma Zlatan Ibrahimovich emaski, deyarli 40 yoshda ham top klublar e’tiborida qolaversa. Odatda futbolchi maydondagi harakatlariga nuqta qo‘ygach futbol atrofida qolishda davom etaveradi.

"Butsasini mixga ilgan"lar uchun murabbiylik eng ko‘p uchraydigan tanlovlardan biri. Ammo, shundaylar borki o‘zlarini boshqa juda qiziq aplualarda sinab ko‘radi. Masalan -- siyosatda. Bugun shunday futbolchilar haqida yozmoqchiman.

Avvalambor o‘zini siyosatga urgan to‘pteparlarni ikkiga bo‘lish kerak. Muvaffaqiyatga erishganlar va omadsizlar. Dastlab, o‘zini bir muncha siyosatdon sifatida sinab, keyin bu pozisiyadan chekinganlar haqida to‘xtalsak.

1. Ziko

2008 yil, bir muddat "Bunyodkor"da murabbiy bo‘lib ishlagan afsona 1990-1991 yillarda Braziliya Yoshlar, turizm va sport ishlari vaziri lavozimida faoliyat yuritdi. "Oq Pele"dan so‘ng bu lavozimda asl Pelening o‘zi ham mehnat qilgan. Ammo, u boshqa bizning tarkibimizda bo‘lgani bois alohida to‘xtalamiz hali. Aslida sport vaziri rutbasining ko‘plab davlatlarda sobiq sportchiga topshirilishi tabiiy bir jarayondir. Ziko qisqa faoliyati muvaffaqiyatsiz o‘tgach o‘z havzasiga qaytdi va murabbiylik qila boshladi.

2. Karlos Valderamma.

Yosh muxlis bu nomni eshitmagandir, balki. Ammo, 80-90 yillar futbolining tirik guvohlari bu allambalo turmak sohibi bo‘lgan kolumbiyalikni yaxshi eslashadi. FIFAning tarixdagi eng yaxshi 125 futbolchi ro‘yhatida yagona Kolumbiya vakili bor. U aynan Valderamma. 1987 va 1993 yillarda Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib, mamlakat futbolida birinchi raqamli shaxsga aylangan Karlos keyinchalik davlatning ham birinchi insoniga aylanishni istagandi. 2014 yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida u o‘zining soliqlarni keskin kamaytirishga qaratilgan dasturi bilan nomzod sifatida ishtirok etdi. Ammo, bo‘lmadi. Omadsizlik va endi Valderamma oldindagi siyosiy jarayonlarni kuzatmoqda. Har holda mamlakatda vaziyat oddiy emas.

Davomi keyingi postlarda...

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 19:17, 17.05.2020.
O'qildi: 4047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.