Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Runi ahamiyati Ronaldunikidan kam bo‘lmagan futbolchi haqida gapirdi

Runi ahamiyati Ronaldunikidan kam bo‘lmagan futbolchi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi "qizil iblislar"ning sobiq yarim himoyachilari Pak Ji Sung va Darren Fletcherning o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu aqlsizlik, lekin agar siz 12 yoshli bolaga Krishtianu Ronaldu haqida gapirsangiz, "Ha, u "Manchester Yunayted"ning ajoyib o‘yinchisi edi", deydi. Biroq agar siz Park Ji Sungni eslatsangiz, uning kimligini bilmasliklari mumkin. Ammo Pak bilan birga o‘ynaganlarning barchasi u bizning muvaffaqiyatimiz uchun juda muhim o‘rin tutganligini biladi. Pak jamoamizga juda ko‘p narsa berdi.

"Manchester Yunayted"ning eng yirik o‘yinlarini ko‘rib chiqing. Pak, Fletcher yoki hatto ikkalasi ham doimo ishtirok etgan. Ular biz uchun juda muhim edi. Men, Ronaldu, Teves kabi o‘yinchilar har doim sarlavhalarda paydo bo‘lganmiz, ammo Pak va Fletcherning o‘rni biznikidan kam emasdi. Ular juda ko‘p narsani qurbon qildilar. Ularning haqiqiy individual darajasi ko‘pincha e’tibordan chetda qolishini bilardik.

Fletcher va Pak bizning rivojlanishimizda katta rol o‘ynadi. Fergyuson Milandagi o‘yin oldidan nima deganini eslayman. U Pakka so‘zma-so‘z aytgan: "Bugun sizning vazifangiz to‘pga tegish yoki pas berish emas. Sizning vazifangiz Pirloga ergashishdir". O‘sha paytda Andrea Pirlo har bir o‘yinda o‘rtacha 110tadan assist bergan bo‘lsa, ularning 60-70tasi o‘ta xavfli tus olardi.

Shuning uchun Fergyuson Pakka: «Uning vazifasini bajarishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bir soniyaga kech qololmaysiz", degandi. Pirlo o‘sha o‘yinda 40 ta pasni zo‘rg‘a amalga oshirgan va ularning 95 foizi qaytarilgan, chunki Pak o‘z vazifasini ajoyib tarzda bajargandi. Hamma o‘sha paytda bu ishni uddalay olish juda qiyinligini tushunardi", dedi Runi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:33, 17.05.2020.
O'qildi: 6081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.