Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Urugvaylik «Cachavacha» va YECHL superfinali

Urugvaylik «Cachavacha» va YECHL superfinali

Baho:
+ | -

Bu kun yana bir iqtidorli yulduz bilan ham eslanadi. Urugvaylik Diyego Forlan. O‘ziga xos va ajoyib hujumchi. 1979 yili mamlakat poytaxti Montevideoda tug‘ilgan Diyego kelajagini futbolga bog‘lashi tabiiy edi. Otasi Pablo Forlan Urugvay terma jamoasi tarkibida 1966 va 1974 yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan, onasi tomonidan bobosi Xuan Karlos Korassoni Indipendyente muxlislari yorqin xotiralar bilan eslashadi – ajoyib futbolchi bo‘lishi bilan birgalikda, keyinchalik Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi ham bo‘lgan. Bu qadar katta nomlar oilasida o‘sgan yigit futbolchi bo‘lishi osonroq edi, tennischi bo‘lishdan ko‘ra. Ha, u boshida shu yashil maydonning charm to‘piga ko‘p qiziqmagan, katta tenisga qatnashgan. Hatto umid uyg‘otgan ko‘pchilikda. Yaxshi tennischi bo‘lib yetishishi mumkin edi. Nalbandyanga nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan, balki hamkasb sifatida ham dong taratarmidi?

Ammo keyinroq futbol varianti ustunlik qilgan va biz bugun shu bois bu ko‘rsatuvda uning faoliyatini hikoya qilyapmiz.

Forlan yaxshi klublarda o‘ynagan – MYU, Atletiko, gollarini urgan. Muxlislariga ega bo‘lgan. Biroq, uning eng yaxshi turniri shubhasiz 2010 yilgi JAR mundiali. O‘sha musobaqa tom ma’noda Forlan uchun ediki, 1978 yildan buyon topishirilib kelinadigan ENG YAXSHI O‘YINCHI nomi termasi uchlikka kirmagan yurt vakiliga nasib etgandi. Osonmas bu sharafga noil bo‘lmoq...

Forlan MYUdan Ueyn Runi deb ketgan deyishadi. O‘sha mundialdagi natijasi bilan go‘yo qizil iblislar tarkibidagi jamoadoshidan alamini olgandek edi. Uni keyinroq Liverpul va Chelsi chorlaganda ham bormagan, Angliya fobiyasini orttirib olganidan Atletiko Madridni tanlagan. Matraschilar safida ham Forlanning yaxshi jihatlarini ko‘rganmiz. Ammo u haqida hikoya qilinganida, faqat Urugvay libosidagi birgina turnirini aytib bersangiz kifoya qiladi. Ba’zan umrning birgina lahzalari hayotning go‘zalligini belgilab beradi. JAR-2010 Diyego uchun shunday xotiralar bilan saqlanib qoldi.

———
19 may asrimizning yana bir superfinallaridan biri bilan eslanadi. 2012 yilgi YECHL finali. Bavariya hamda Chelsi. Ajoyib juftlik. So‘nggi yillarning alamzadalari o‘rtasidagi kurash. Chelsi ikki yil oldingi Evrebening qasosini yarim finalda ololgan, aynan Barsani yengib, Bavariya ikki yil oldingi finaldagi mag‘lubiyat chandig‘i bilan og‘rib kelgandi.

O‘yin ham Myunxendagi “Alyans Arena”ga belgilanganini qarang-da endi. Bavariya o‘z uyida 62 yarim ming muxlis qarshisida qon hidini olgan Chelsining hujumlarini to‘xtatish uchun saflandi. Qaysidir ma’noda epladi shu ishni. Biroq, ruhiyat tomonlama London klubi qo‘shimcha bo‘limlarga ham, penaltilar seriyasiga ham ustunroq holda bordi. Sababi, 83 daqiqalik sukunatni Tomas Myuller buzganida, Bavariya quturgan ko‘rinishda edi. Ammo 88-daqiqada Didye Drogbaning vahshatli goli Myunxen stadioniga to‘planganlarni karaxt qilib qo‘ygandi. Stadion uzra yoyilgan “Bizning shahrimiz. Bizning stadionimiz. Bizning kubogimiz” degan yozuvlar Chelsi hujumlari shamolida o‘ynay boshladi. Tik turishni to‘xtatdi.

Natijada, mashhur penaltilar seriyasi. Bavariya, qaysiki nemis xarakteri deydiganimiz o‘z uyidagi bosimga dosh berolmay to‘rt yil oldin aynan shu stadiyada MYUga yutqazgan Chelsidan mag‘lub bo‘ldi. Vaholanki penaltilar seriyasini Mata aristokratlar uchun fojiali tarzda boshlab bergan, raqib endi bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydi deyilgandek edi. Ammo taqdir Chelsiga nafaqat yarim finaldagi qarzini qaytarib bergandi, balki finaldagi ssenariyni-da teskari ko‘rinishda ulashdi. Oxirida Bavariya yigitlari – Olich va Shvaynshtayger noaniq zarba yo‘llab, uyida kubokni Chelsi olib ketishiga qo‘yib berishdi. Birgina shu final boisidan 2011/12 yilgi YECHL turnirining nomi “uy finali” deb ataldi.

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:13, 19.05.2020.
O'qildi: 3766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик