Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Kim qayerga o‘tadi? Pogba, Ndombele, Obameyang va boshqa yulduzlar uchun tanlov imkoniyati

Kim qayerga o‘tadi? Pogba, Ndombele, Obameyang va boshqa yulduzlar uchun tanlov imkoniyati

Baho:
+ | -

Bugungi kunga kelib Germaniya Bundesligasi qayta tiklangan bo‘lsa ham Yevropaning qolgan chempionatlari hali boshlanganicha yo‘q. Shunday ekan, yetakchi klublarning qanday tarkibda maydonga qaytishini taxmin qilishning ayni vaqti. Ommaviy axborot vositalarida futbolchilarning bir klubdan ikkinchisiga o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida uzunquloq gaplarning keti uzilmayapti. Quyida haqiqatan ham boshqa klubga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z yuritiladi.

Pol Pogba

Ushbu yozda Pogba «Manchester Yunayted»ni tark etishi zarurdek taassurot uyg‘otmoqda. Futbolchi uchun «Yuventus» va «Real» kurashmoqda.

Italiyaning Calciomercato nashri hatto fransiyalik futbolchining Aaron Remziga almashtirilish variantini ham keltirib o‘tdi. Ehtimol, ular buni avvalroq rejalashtirgandir, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barchasini o‘zgartirib yubordi. Shu bois hozirda «qizil iblislar»ning yarim himoyachisini qo‘yib yuborishga tayyor ekanligiga ishonchi komil emas. Balki unga yana bir bor imkoniyat berilar, chunki ingliz klubi Pogbaning transferidan 100 million funt sterling ishlab olish haqiqatan yiroq ekanini yaxshi biladi.

Agar Pogba sho‘xlik qilishni yig‘ishtirib, astoydil ishlashni boshlasa, asosiy tarkibning almashtirib bo‘lmaydigan o‘yinchisiga aylanishi mumkin.

Yakuniy xulosa: «Manchester Yunayted»da qoladi.

Tangi Ndombele

Tangi Ndombele bilan nima bo‘layotganini aytish mushkul. Avvaliga Joze Mourinyo uni ochiqchasiga tanqid qildi, keyin esa fransiyalik futbolchi karantin vaqtida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan mashg‘ulot o‘tkazdi. The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Tottenhem» Ndombele bilan xayrlashmoqchi.

Manbalarda klub rahbariyatining futbolchining xatti-harakatlaridan noroziligi qayd etilmoqda. Uni qayta tarbiyalashdan ko‘ra boshqa jamoaga sotib yuborish osonroqdek tuyulmoqda. Ammo 55 million yevrolik futbolchiga xaridor topish oson emas, «shporlar»ning asosiy vazifasi – sarflangan pullarni qaytarish.

Ko‘rinishidan unga qiziqayotganlar orasida «Barselona» ham bordek. To‘g‘ri, klubning moliyaviy ahvoli qanday ekani hozircha aniq emas. Kelgusi haftadan esa futbolchi bo‘lgan qiziqishlarning tiklanishi kutilmoqda.

Yakuniy xulosa: «Tottenhem»dan ketadi.

Pyer-Emerik Obameyang

Obameyang uzoq vaqtdan beri o‘z kelajagi haqida bosh qotirmoqda. Uning jamoadan ketmoqchiligi va boshqa joyda omadini sinab ko‘rmoqchiligi tobora oydinlashmoqda.Unga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq hujumchining Premyer Ligada qolish ehtimoli ham yo‘q emas.

Gabonlik futbolchini Frenk Lempard «Chelsi»ga jalb etishga urinishi mumkin. Boisi oldingi chiziqda Temmi Abrahamga sherik kerak. Buning ustiga anchadan buyon London klubining «Lion» hujumchisi Mussa Dembeleni sotib olish borasidagi harakatlari besamar ketmoqda. Obameyang esa APLda nimalarga qodir ekanini isbotlay olgan.

Yakuniy xulosa: «Arsenal»dan ketadi.

Luka Yovich

Aslini olganda, Yovich «Real»da qolishni va uning yulduziga aylanishni xohlaydi, ammo uning Madridni tark etishi haqidagi mish-mishlar to‘xtamayapti. Uni bir nechta ingliz klublari bilan bog‘lashmoqda, shu jumladan, «Nyukasl» va «Vest Hem» bilan ham.

Yovich allaqachon vatandoshi – Mitrovichdan (Aleksandar Mitrovich – Serbiya terma jamoasi va Angliyaning «Fulhem» klubi hujumchisi) Britaniyadagi hayot haqida so‘rashga ham ulgurdi.

Madridda Yovichni bir yilga ijaraga berib, keyin unga ikkinchi marta imkoniyat berish rejalashtirilmoqda.

Yakuniy xulosa: «Real»dan ijara asosida ketadi va keyin qaytadi.

Kay Havers

Germaniyalik vunderkindning «Bayer»ni tark etishi haqida anchadan beri gapirilmoqda. Ko‘plab ekspertlar, hatto uning «Manchester Yunayted»ga kelishini yuqori baholagan.

«Bayer» esa uning narxini 100 million yevro etib belgilagan va bir sent ham tushmoqchi emas. Ba’zi mutaxassislar agar Havers klubini almashtiradigan bo‘lsa, faqat Germaniya klublaridan biriga o‘tadi deb hisoblamoqda. Kay uchun kurashda ayni damda «Bavariya» yetakchilik qilmoqda. Ammo futbolchining yuqori narxi hozircha uning hech qayerga ketmasligini anglatadi. Agar «Bavariya» Haversni sotib oladigan bo‘lsa ham bu katta ehtimol bilan 2021 yilda amalga oshadi.

Yakuniy xulosa: «Bayer»da qoladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:02, 20.05.2020.
O'qildi: 7693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.