Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Roberto Karlos «Chelsi»ga o‘tishga yaqin kelganligini bilasizmi?

Roberto Karlos «Chelsi»ga o‘tishga yaqin kelganligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi afsonaviy futbolchisi Roberto Karlos 2007 yili «Chelsi» klubiga o‘tishga yaqin kelganini tan oldi.

— Menda «Fenerbaxche» va «Chelsi» klublaridan taklif bor edi. Lekin, "Chelsi" bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz o‘tgan edi, shuning uchun «Fenerbaxche» klubiga yo‘l olgandim. Ammo, «Chelsi»ga o‘tishga juda yaqin kelgandim. Barcha narsa tayyor edi, faqatgina shartnomaga imzo qo‘yishim qolgandi, xolos.

— Bu voqea «Fenerbaxche»ga kelishimdan bir hafta oldin sodir bo‘lgandi. Men Parijda edim va Roman Abramovich bilan uchrashgandim. Afsuski, so‘nggi daqiqalarda nimadir bo‘ldiyu, ushbu bitim amalga oshmay qoldi, bunday hodisalar futbolda bo‘lib turadi. Men Angliya chempionatiga, Angliya chempionati menga mos kelishiga 100 foiz amin edim, — dedi Karlos.

47 yoshli braziliyalik futbolchi 2012 yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. U faoliyati davomida «Inter», «Real», «Korintians» va «Anji» klublarida o‘ynashga ulgurgan.

Kiritildi: 14:57, 20.05.2020.
O'qildi: 5156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик