Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ektor Kuper Nigeriya terma jamoasiga boshqarishga yaqin turgandi, ammo...

Ektor Kuper Nigeriya terma jamoasiga boshqarishga yaqin turgandi, ammo...

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper Nigeriya terma jamoasini boshqarishga yaqin turgan edi. U mazkur mamlakat futbol federasiyasi bilan bir necha haftadan beri muzokara olib borayotgan edi. Ammo Nigeriya futbol federasiyasi termaning amaldagi murabbiyi Gernat Ror bilan shartnomani uzaytirdi. Bu esa Kuperning hafsalasini pir qildi. Bu haqda argentinalik mutaxassisning yordamchisi Mahmud Ahmad xabar berdi.

"Janob Kuper Afrikada Nigeriya yoki Gana termasini boshqarishga tayyor edi. Biz Ganada ishlashni istagan edik, ammo mamlakat futbol federasiyasi xorijlik murabbiylarga eshiklarni yopib qo‘ydi.

Shundan so‘ng e’tiborni Nigeriyaga qaratgan edik. Ushbu terma jamoaning amaldagi murabbiyi Ror bilan maosh borasida muammoga duch kelgan edi. Biz kamroq maoshga ham ishlashga tayyor edik. Ammo Nigeriya bu mutaxassis bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Shu bois, ushbu rejamiz ham amalga oshmadi", — dedi Mahmud Ahmad.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper 2019 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: 04:07, 21.05.2020.
O'qildi: 5713 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик