Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

13 yosh? Professional futbolda erta debyut qilgan yulduzlar

13 yosh? Professional futbolda erta debyut qilgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Stadion.uz katta futbolga qolganlardan ancha ertaroq kirib kelgan mashxur futbolchilar beshligi bilan tanishtirib o‘tadi.

Yaqindagina start olgan Bundesliga uchrashuvlarining birida “Bayer” safida 17 (15 kunli) yoshli Florian Virs o‘zining debyut uchrashuvida maydonga tushdi. U klub safida to‘p surgan eng yosh futbolchiga aylandi. Xo‘sh yana qaysi futbolchilar kutilganidan ancha erta katta futbolga qadam qo‘ygan? Bugun professional futbolga erta qadam tashlaganiga qaramay, katta yutuqlarga erishgan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

Erling Xoland

 

Norvegiyalik vundrkind professional faoliyatini boshlaganida 15 yosh (9 oyligu 21 kun) edi. Norvegiyaning 2-divizionida to‘p tepayotgan “Bryuyne” jamoasi Xoland uchun tom ma’nodagi tramplin vazifasini o‘tab berdi. Norvegiyadagi o‘ta yuqori bo‘lmagan raqobat sababli imkon taqdim etilgan Xoland yakunda barchaning ishonchini to‘liq oqladi. Ayni damda “Borussiya Dortmund” safida “javlon urayotgan” futbolchi tez orada “Real Madrid”ga o‘tishi bashorat qilinmoqda. 2016-yilda katta futbolga kirib kelgan “bolakay” qisqa fursatda shuxrat qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Martin Edegor

 

Ushbu ro‘yxatimizdagi yana bir norvegiyalik futbolchi. Tan olish lozim, “Real” safiga borib qo‘shilgan uning o‘yinlarida keskin pasayish kuzatildi. Oqibatda, “qirollik klubi” uni ijaraga berib yuborishni boshladi. Bir qarashda yana bir tineyjerning faoliyatiga nuqta qo‘yilgandek tuyulgan edi, biroq Martin “Real Sosyedad” safida barchasini boshidan boshlashga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, Edegor 2014 yilning 13 aprel sanasida 15 yosh (3 oy 27 kun) chog‘ida “Stryomsgodset” safida debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Xolanddan farqli o‘laroq u Norvegiyaning oliy dvizionida o‘z kuchini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Madriddagi sarguzashtlari omadsiz chiqqaniga qaramay, qahramonimizga tez orada klub ikkinchi imkoni berishi tobora oydinlashib bormoqda.

Serxio Aguero

 

Yosh futbolchilarining erta debyut qilishi Janubiy Amerikada odatiy hol. Shunday bo‘lsada, barcha futbolchilar ham taqdir taqdim etgan imkoniyatdan unumli foydalanavermaydi. “Independyente” safida 15 yosh (1 oy) chog‘ida maydonga tushgan Serhio Aguero bundan mustasno. Qahramonimiz katta futbolga yosh bo‘lishiga qaramay dadil qadamlar bilan kirib keldi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Aguero o‘sha uchrashuvda o‘yinning taqdirini tubdan o‘zgaritib yuborish orqali barchaning e’tiboriga tushadi. E’tiborilishi shundaki, yosh Aguero o‘sha davrda Maradona tomonidan o‘rnatilgan va 76 yildan beri saqlanib kelinayotgan (Argentina chempionatida debyut qilgan eng yosh futbolchi) rekordni yangilashni uddalagan.

Xames Rodriges

 

Kolumbiyaning “Envigado” klubi haqida aytarli ma’lumotga ega bo‘lmasangiz kerak. Kolumbiya chempionatining o‘rtamiyona jamoalaridan biri bo‘lishiga qaramay, klub Xames bilan maqtansa arzidi. Aynan shu klub Kolumbiyalik futbolchi uchun katta futbolga porloq yo‘lni ta’minlab bergani bilan futbol tarixidan muqim o‘rin olgan. Fantastik iqtidor egasi bo‘lgani bois, “Envigido” yarim himoyachini 14 yosh (10 oy 9 kun) bo‘lishiga qaramay maydonga tushirib yuboradi. Tan olish lozim, bunday tutilgan yo‘l o‘zini to‘liq oqladi. Keyichlik Xames klub tarixidagi eng katta transfer summasi evaziga boshqa jamoaga sotib yuboriladi.

Falkao

 

Bugungi ro‘yxatimizdagi mutloq yetakchilik Radamel Falkaoga nasib etmoqda. Milyonarios jamoasi tarbiyalanuvchi o‘z klubi safida imkon berilmagach, Kolumbiyaning ikkinchi ligasida to‘p tepuvchi “Lonseros Boyka” tarkibiga borib qo‘shiladi va bor-yo‘g‘i 13(!) yosh (6 oy 18 kun)da professional futbolda uchrashuvida ishtirok etadi. Jismonan baquvvat bo‘lgani bois, Falkao katta futbolda yo‘qolib qolgani yo‘q. Bir e’tibor qarating, Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi 13 yoshida debyut uchrashuvini o‘tkazmoqda.

Manba: Stadion.uz

Cиз 13 ёшингизда нималар билан банд эдингиз? Ўз жавобларингизни изоҳларда қолдиринг.

Kiritildi: 21:01, 24.05.2020.
O'qildi: 15029 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.