Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Germaniyada chempionlik masalasi hal bo‘ldimi?

Germaniyada chempionlik masalasi hal bo‘ldimi?

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan "der klassiker" yakuniga yetdi. "Borussiya" Dortmundda "Bavariya"ni qabul qilib, nafaqat 3 ochkoni boy berdi, balki amalda chempionlikni ham qo‘ldan chiqardi.

Butun o‘yin davomida myunxenliklar yaxshiroq harakat qilishdi. Ammo dortmundiklarda ham gol urish imkoniyatlar yuzaga keldi. Jumladan 1-daqiqadayoq Noyerning xatosidan keyin Xoland darvozaboni ishg‘ol qila olmadi: chiziq ustida turgan himoyachi to‘pni qaytarib qoldi. Erling ikkinchi bo‘limda ham yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi. Ammo bu safar uning zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganida Yosua Kimmix jarima maydoni tashqarisida to‘pni qabul qildi va parashyut zarba berdi. To‘p darvozabonning ustidan oshib o‘tib, Byurkining qo‘llariga tegib, to‘rga borib tushdi.

Dortmundliklar to‘p o‘tkazib yuborishganidan keyin ikkinchi taymda hisobni tenglashtirishga harakat qilishdi. Ammo olis masofadan yo‘llangan zarbalarni Noyer qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa,  "Bavariya" muhim o‘yinda g‘alaba qozonib, 2-o‘rindagi "Borussiya"dan 7 ochko oldinga o‘tib ketdi.

Germaniya chempionati, 28-tur
Borussiya D – Bavariya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 43 Kimmix.
Borussiya D – Byurki, Akandji, Pishchek (Getse, 80), Xummels, Hakimiy, Daud (Vitsel, 85), Gerreyru, Azar, Dileyni (Emre Jan, 46), Brandt (Sancho, 46), Xoland (Reyna, 72).
Bavariya – Noyer, Pavar, Boateng (Lyuka Ernandes, 85), Alaba, Kimmix, Goretska, Devis, Koman (Perishich, 73), Gnabri (Martines, 87), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Xummels (13), Myuller (66), Daud (67), Devis (74).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:26, 26.05.2020.
O'qildi: 4326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик