Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Temur Jo‘rayev, penaltilar seriyasi va sovrinlar

Temur Jo‘rayev, penaltilar seriyasi va sovrinlar

Baho:
+ | -

2007 yilgi mavsumda darvozabon Temur Jo‘rayevning qahramonligi "Paxtakor"ning ikkita sovrinni qo‘lga kiritishida katta ahamiyat kasb etgan.

Jo‘rayev bir necha penaltilar seriyasidagi qahramonligi sababli MDH Chempionlar Kubogi va O‘zbekiston Kubogi jamoamizga nasib etishida ulkan hissa qo‘shgan. 2007 yil boshida Moskvada o‘tkazilgan MDH Chempionlar Kubogida "Paxtakor" ushbu musobaqada yagona muvaffaqiyatini qayd etgan. Temur Jo‘rayev esa ikki bor penaltilar seriyasida qahramonga aylangan. Chorak finalda Serbiyaning OFK klubiga qarshi kechgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan. Seriyada darvozabon serbiyaliklardan Bojovich va Pilipovich tomonidan tepilgan to‘plarni qaytarib, yarim finalga yo‘l olinishiga yordam beradi. Finalda esa Latviyaning "Ventspils" jamoasiga qarshi bahsda u Ignatiy Nesterov o‘rniga 108-daqiqada maydonga tushiriladi. Penaltilar seriyasida Zangareev va Vanensning zarbalaridan so‘ng to‘pni qaytaradi. Agar Zangareevning zarbasi bartaraf etilmaganda g‘oliblik Latviya klubiga nasib etardi. Hal qiluvchi zarbani qaytarishdan avval Jo‘rayevning o‘zi seriyada zarbani aniq amalga oshiradi. Bu g‘alabada uning seriyadagi qahramonligi katta o‘rin tutgan.

2007 yil oxirida esa O‘zbekiston Kubogi finalida u yana bir sovrin yo‘lida qahramonlik ko‘rsatadi. "Quruvchi" bilan final 0:0 hisobida yakunlanadi. 116-daqiqada yana Nesterov o‘rniga tushirilgan Jo‘rayev o‘zidan kutilgan ishonchlarni to‘liq oqlaydi. Raqibdan G‘ofurovning zarbasini to‘sib olgan Temur hal qiluvchi penaltini o‘zi amalga oshirib, "Paxtakor"ning O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritishini ta’minlaydi. shu tariqa bir yil ichida deyarli ikki bir xil ssenariy yordamida jamoamiz o‘z sovrinlari sonini 2taga ko‘paytiradi,

Eslatib o‘tamiz, Temur Jo‘rayev "Paxtakor" darvozabonlari orasida chempionat o‘yinlarida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha 7-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatda 96 bahsda maydonga tushgan ushbu posbon OCHLda 21 uchrashuvda jamoamiz sharafini himoya qilgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:25, 29.05.2020.
O'qildi: 3196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик