Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Akmal Shorahmedov: «Xotirjamlikka berilmasdan berilgan imkoniyatni qadriga yetishimiz kerak»

Akmal Shorahmedov: «Xotirjamlikka berilmasdan berilgan imkoniyatni qadriga yetishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Respublika maxsus komissiyasi axborotida O‘zbekiston professional futbol klublari mashg‘ulotlari hamda futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, Superliga o‘yinlarini muxlislarsiz o‘tkazish uchun ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan futbolni, mashg‘ulotlarni sog‘inib, yashil maydon tarovatini qo‘msagan AGMK futbolchilaridan biri, jamoa sardori Akmal Shorahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Karantin paytida barcha futbolchilar yakka tartibda shug‘ullanib, imkon qadar o‘z sport formasini ushlab turishga harakat qildi. Lekin bu jamoaviy mashg‘ulot o‘tkazish samarasini yoki zavqini bermaydi. Masalan, Germaniya Bundesligasida ham ko‘plab futbolchilar ikkinchi bo‘limda charchab, o‘yin tezligi pasayib qolmoqda. Nihoyat bizda ham Germaniya, Angliya yoki boshqa ligalarda bo‘lgani kabi bugun ruxsat berildi. Lekin bu narsa xotirjamlikka berilish kerakligini anglatmaydi. Xudo ko‘rsatmasin, futbolchilar orasidan koronavirus chiqmasligi uchun, to‘liq gigiyenik tartiblarga rioya etgan holda, har kuni jamoa shifokorlari nazoratida bo‘lish, mashg‘ulotlardan oldin isitmalarni o‘lchab, doimiy tibbiy nazorat o‘rnatish zarur bo‘ladi. Nafaqat futbolchilar, balki klubdagi barcha personal endi mazkur ruxsat va ishonchni to‘la his qilib, mas’uliyatli bo‘lishga, gigiyenaga doimiy rioya etishga majbur. Bir futbolchi yoki jamoa a’zosini deb boshlanajak chempionat cho‘zilib ketmasligi yoki o‘xtab qolmasligi kerak. Buni esa barcha birdek his qilishi shart. Bizga berilgan imkoniyatni va taqdim etilgan sharoitni qadriga yetishimiz kerak.

Yosh bolalarga ham mashg‘ulot ochilgani quvonarli. Chunki ular ham uyda o‘tirib zerikib, qiynalib ketgandi. O‘zimni o‘g‘illarim futbolchi, ular uyda o‘tirib ortiqcha vazn ham to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi. Menimcha, ikkita o‘g‘lim 4-5 kilogram ortiqcha vazn qo‘shvorishdi. Men esa bu borada qattiq rejimga amal qildim va o‘ylashimcha, ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammo yo‘q. Qanchalik yoshi katta bo‘lgach, inson o‘z salomatligi va vazniga nisbatan ancha jiddiy qararkan. Ayniqsa futbolchi uchun muhim. Chunki hali futbol boshlansa, tezkor yosh futbolchilarni quvib yetishga qiyin bo‘lib qoladi. Shu uchun ham ortiqcha vazn borasida jiddiy qaradim. Havotirga o‘rin yo‘q.

Shuningdek, endi avvalgidek maydonga chiqishda va undan oldin yoki keyin qo‘l berib yoki quchoqlashib so‘rashishlarni vaqtincha cheklash kerak. Bu borada ham ma’lum tartibda qat’iy amal qilish kerak. Endi bu narsa odatiy hayot tarziga kirib qolishi mumkin. Yaxshi tarafi, bu narsa odatiy gripp kabi kasalliklarni ham yuqishini kamaytiradi.

Karantin va pauza barcha jamoalarga bir xil sharoitni taqdim etdi. Lekin bundan kim qanday chiqib ketishi noma’lum. O‘ylashimcha, qaysi jamoa vohliroq charchab qolsa, raqib ikkinchi bo‘limda tashabbusni o‘z qo‘liga olishi mumkin. Fikrimcha, ko‘plab gollar ikkinchi bo‘limda uriladi. Masalan, Bundesligada "Borussiya" - "Bavariya" uchrashuvida markaziy himoyachi, Boatengni almashtirib yuborishdi. Odatda markaziy himoyachilar kam o‘zgartiriladi. Lekin Boateng o‘yin tempi yuqori bo‘lmasada toliqib qolgandi. Bu jihat ma’lum vaqt barcha ligalarda kuzatiladi. Buyog‘iga kim jismoniy taraflama tezroq optimal holatga kirsa, o‘sha jamoada ustunlik paydo bo‘ladi.

Qo‘shimcha o‘zgarishlar, ya’ni 5 futbolchini almashtirishni qo‘llab-quvvatlayman. Jahon futbolida buni bejizga joriy qilishmagan. Mazkur masala bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislar bilan ham maslahat qilishgan va keyin bu qarorga kelingan deb o‘ylayman. Jamoalar karantindan chiqib ketish davrida qo‘shimcha o‘zgarishlar futbol o‘yinini tezligiga biroz bo‘lsada yordam beradi. Shuningdek, bu o‘yin amaliyotisiz qolib ketadigan futbolchilarga ham qo‘shimcha imkoniyat.

Muxlislarsiz futbol qiziq emas, to‘g‘ri. Lekin hozirgi sharoitda butun dunyo mazkur amaliyotni qo‘llamoqda. Futbol qiziq, yaxshi sport turi. Lekin sog‘lik, xavfsizlik eng oliy o‘rinda. Shu bois garchi stadionlarga muxlislar kiritilmasada, futbolni ishqibozlardan ham ko‘ra ko‘proq sog‘ingan futbolchilarning chanqog‘i bo‘sh stadionda ham ularni his qilib o‘ynashga yetadi. Hamma vaziyatni to‘g‘ri tushunib turibdi. Ularning qo‘llab-quvvatlovi va olqishini baribir sezamiz. O‘ylashimcha, futbol musobaqalarini tiklash barobarida uyda o‘tirgan muxlislarga va tomoshabinlarga futbol o‘yinlarini tomosha qilish uchun sharoit yaratish.

So‘nggi paytlarda trendga chiqqan mazkur ibora bu holatga ham yaxshi tushadi: "Biz siz uchun futbol o‘ynaymiz, siz esa biz va o‘zingiz uchun uyda qoling hamda futbolni tomosha qiling!".

Rostini aytsam, Belarus chempionatidan ko‘ra o‘zimizning Superliga darajasi yuqori. Shu boisdan ham o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari katta qiziqish bilan chempionatimizni kuzatishadi, degan fikrdaman.

Chempionatni qanday formatda o‘tkazish uy-safar tizimida qolish yoki markazlashtirilgan variantda o‘tkazish bo‘yicha bir narsa deyish mushkul. O‘ylashimcha, O‘FA va PFL mazkur holatni to‘g‘ri baholay oladi. Bu yerda hamma vaziyatni hisobga olib, shunga monand eng maqbul yo‘l tanlanishi kerak bo‘ladi. Uy-safar tizimida o‘ynashni ham, markazlashtirilgan variantda chempionatni o‘tkazishni ham hozirgi holatda yaxshi va yomon, qulay hamda noqulayliklari yuzaga keladi. Hozirgi kunda xavfli yoki xavfsiz hududlarga ajratmasdan, barcha zarur choralarni qo‘rib, hamma o‘ziga ehtiyot bo‘lib yurishi kerak. Qiyinchiliklar bo‘lishi aniq va bu tabiiy. Chunki birinchi marotaba bunaqa holatga, bunday sharoitga tushildi. Muhimi, boshlab olish kerak. Qolgan kamchiliklar sekin-asta bartaraf etiladi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak bo‘ladi. O‘FA buni to‘g‘ri hal qiladi, degan umiddaman. Bizning ishimiz maydonga chiqib o‘ynash va gigiyenik tartib qoidaga qat’iy amal qilish. Karantin davrida ko‘plab zarur soha vakillari fidoiylik ko‘rsatib, o‘z xizmatlarini bajarishdi. Biz ham endi xalqimiz, futbolni sog‘ingan millionlab muxlislarimiz uchun mas’uliyatni his qilgan holda harakat qilishimiz kerak bo‘ladi. Futbolchilar ham xizmatdagi askar kabi o‘z vazifasini sidqidildan ado etmog‘i kerak. Shu o‘rinda barcha tibbiyot xodimlari, xavfsizlik masalalariga javobgar bo‘lgan organ xodimlari, do‘kon va bozorlarda faoliyat ko‘rsatgan tadbirkorlar va shu davrda jonbozlik qilgan barchaga katta rahmat aytib, minnatdorchilik bildiraman.

Hukumatimiz tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar oqilona amalga oshirildi va o‘ylashimcha, karantin davrini xalqimiz yetarli tushuncha xosil qilib, yuksak madaniyatda o‘tkazdi va o‘tkazmoqda.

Olmaliqlik muxlislarga murojaatim, avvalo xavfsizlik, shu bois o‘zingizni ehtiyot qiling! Biz esa sizlarning qo‘llab-quvvatlovingizni doim his qilamiz va o‘yinlarimiz bilan xursandchilik bag‘ishlashga ikki hissa kuch bilan harakat qilamiz!

Ochig‘i, futbolni juda sog‘indim. Nafaqat men, balki bugun AGMK jamoasi futbol sog‘inchida yashadi. Buyog‘iga oz qoldi, hozircha esa teleekran orqali "ko‘rishamiz", - deya gapirib o‘tdi Akmal Shorahmedov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 11:53, 30.05.2020.
O'qildi: 3879 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.