Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

O‘zPFL mashg‘ulotlarni boshlash mumkinligini rasman ma’lum qildi

O‘zPFL mashg‘ulotlarni boshlash mumkinligini rasman ma’lum qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Ma’lumki, joriy yil 16 martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari, musobaqalarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tadbirlari koronavirus infeksiyasiga barham berilguniga yoki Respublika maxsus komissiyasi tomonidan musobaqalarni o‘tkazishga ruxsat etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig‘ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o‘z o‘quv-mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berildi. Bunda futbol uchrashuvlari tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarni davom ettirilishidan oldin futbolchilar o‘z sport formalarini tiklashi uchun bir necha kun kerak ekanligidan kelib chiqib, O‘zbekiston chempionati musobaqalari aynan qaysi sanadan davom ettirilishi bo‘yicha alohida ma’lumot beradi.

Shu munosabat bilan, futbol klublari  professional futbolchilarni malakali murabbiylar nazorati ostida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy amal qilish sharti bilan futbol klublari bazasi negizida mashg‘ulotlar jarayonini boshlashi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, rasmiy o‘yinlar boshlagunga qadar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:14, 30.05.2020.
O'qildi: 4342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.