Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Qahramon Aslanov maqolasi: Mourinyo karantindan keyin qanday o‘ynaydi?

Qahramon Aslanov maqolasi: Mourinyo karantindan keyin qanday o‘ynaydi?

Baho:
+ | -

Angliyaga futbol qaytishiga ham oz qoldi. "Liverpul"ning chempionligi, YECHL o‘rinlari uchun kurash, "Lids"ning qaytishi, kubok o‘yinlari - bizni ko‘p narsa kutib turibdi, lekin hammasidan ham qizig‘i Joze Mourinyoning qaytishi bo‘lsa kerak. Tanaffus aynan "Tottenhem"ga qo‘l kelsa ajab emas.

Gap faqat uzoq muddatga safdan chiqqan Harri Keyn va Son Xon Minning qaytishida ham emas. Bu ham yaxshi, ammo bugungi sharoitda Joze o‘zini baliqdek his qiladi.

U hech qachon dinamikasi yuqori bo‘lgan futbol namoyish qilishda usta bo‘lmagan - kamida oxirgi yillarda. Esingizda bo‘lsa, "Manchester Yunayted" APL da o‘rtacha eng kam yuguradigan ko‘rsatkichni qayd etgandi. "Tottenhem" ham uning qo‘liga tushib, pressing qilishni unutib yuborgani ham ma’lum.

So‘nggi yillarda Mourinyo raqibning ustunliklarini yo‘qqa chiqarish emas, aksincha, raqibning kamchiliklaridan foydalanib qolishda muvaffaqiyat qozona boshladi. "MYU" bilan bir qator top o‘yinlar, "Tottenhem" bilan "Liverpul" va "Siti" ustidan qozonilgan g‘alabalarni eslang...

Koronavirusdan keyin esa, darhol intensiv futbol boshlanib ketmaydi. Jamoalar sport formada emas, buning ustiga bugungi yig‘inlar ham biz o‘rganib qolgan yozgi mavsumoldi mashg‘ulotlardan farq qiladi. Ya’ni, jamoalarni jismonan kuchli, tezkor, yuqori sport formada ko‘rmaymiz boshida. Bu paytda jamoalar tarkibidagi saviyali futbolchilar ko‘p narsani hal qiladilar. Klass o‘z so‘zini aytadi va ...

Va Mourinyoning ustunligi - raqibning kamchiliklarini baholab, ulardan foydalangan holda natijaga erishish asosiy qurolga aylanadi. Kamchilik esa, hammada bo‘ladi, ayniqsa, bu sharoitda...

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 20:32, 30.05.2020.
O'qildi: 3848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.