Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

"Qo‘qon-1912" ertadan rasman mashg‘ulotlarni boshlaydi

"Qo‘qon-1912" ertadan rasman mashg‘ulotlarni boshlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Koronavirus pandemiyasi tufayli yurtimizda futbol uchrashuvlari hamda mashg‘ulotlar vaqtincha to‘xtatilgan edi. Barchangizga ma’lumki kecha O‘zPFL superliga jamoalariga mashg‘ulot o‘tkazish uchun rasman ruxsat berdi.

"Qo‘qon-1912" jamoasi a’zolari bugun Qo‘qon shahridagi qarorgohlarida to‘planishdi. Bundan biroz muqaddam jamoa a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda barcha murabbiy hamda futbolchilar ishtirok etishdi. Jamoa bosh murabbiyi hammani karantin qoidalari bilan tanishtirib, barch jamoa a’zolaridan ushbu qoidalarga to‘liq amal qilishni talab qilinishini ma’lum qildilar.

Superliga uchrashuvlari qaysi sanadan qayta davom ettirilishi va o‘yinlar taqvimi PFL tomonidan ishlab chiqilib , rasman e’lon qilinadi.

"Qo‘qon-1912" jamoasi 4-tur uchrashuvini Toshkentda "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Murabbiylar shtabining rejalariga ko‘ra "Qo‘qon-1912" jamoasi a’zolari 1-6 iyun kunlari Qo‘qon shahrida o‘z mashg‘ulotlarini olib boradilar.

8-iyun sanasidan boshlab esa mashg‘ulotlar Toshkent shahriga ko‘chiriladi. Barcha mashg‘ulotlar karantin qoidalariga amal qilgan holda muxlislar tashrifisiz , maxsus shakllantirilgan ro‘yxatdagi xodimlar va futbolchilar ishtirokida olib boriladi.

"Qo‘qon-1912" futbol klubining matbuot xizmati jamoaning mashg‘ulotlaridan siz aziz muxlislar uchun foto lavhalarni taqdim qilib borishadi.

Kiritildi: 15:18, 31.05.2020.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.