Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Metallurg” futbolchilariga koronavirusga test topshirib, mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi

“Metallurg” futbolchilariga koronavirusga test topshirib, mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi

Baho:
+ | -

Koronavirus pandemiyasi bois futbol bo‘yicha mamlakat milliy chempionati bahslarida tanaffus yuzaga kelgandi. Ikki oydan ko‘proq vaqtni karantinda uyda o‘tkazgan “Metallurg” futbolchilari hamda murabbiylar shtabi kecha klub qarorgohida to‘plandi va Superliganing 4-tur bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

“Metallurg” jamoasi a’zolari klub qarorgohiga yig‘ilishdan oldin poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi COVID-19 markazida koronavirus pandemiyasiga test tahlillarini topshirishdi. Murabbiylar shtabi hamda futbolchilarning barchasi sog‘ salomat, tahlil natijalari manfiy ekanligi qayd etilgach, ular klub qarorgohiga yo‘l olishdi. Kecha kunning birinchi yarmida jamoamiz bosh shifokori Dilshod Ashirov futbolchilarni yana bir bor tibbiy nazoratdan o‘tkazgach, jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashg‘ulotlari boshlab yuborildi. Ta’kidlash kerakki, mashg‘ulot tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazildi.

O‘z navbatida yig‘indan oldin shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari tomonidan klub bazasi, mashg‘ulot o‘tkaziluvchi stadion hududi to‘liq dezinfeksiya qilindi.

Jamoaviy mashg‘ulotlarni sog‘inib qolgan futbolchilar hamda murabbiylar shtabi ilk kungi mashg‘ulotlar jarayonini katta ko‘tarinkilik, uyushqoqlik hamda tartib qoidalarga amal qilingan holda a’lo kayfiyatda yakunlashdi.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 05:30, 02.06.2020.
O'qildi: 2264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик