Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

OFKga a’zo futbol assosiasiyalari bosh kotiblari uchun onlayn konferensiya bo‘lib o‘tadi

OFKga a’zo futbol assosiasiyalari bosh kotiblari uchun onlayn konferensiya bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 4-5 iyun kunlari Osiyo Futbol Konfederasiyasiga a’zo assosiasiyalar bosh kotiblari ishtirokida 2020 yilgi onlayn konferensiya o‘tkaziladi.

Qit’a futbol uyushmasining barcha mintaqaviy assosiasiyalari uchun navbatma-navbat tashkil etiladigan onlayn konferensiyaning dastlabkisida Markaziy va Janubiy Osiyoda joylashgan futbol assosiasiyalari bosh kotiblari qatnashadi. Jumladan, mazkur konferensiyada O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov ham ishtirok etadi.

Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi – OFKga a’zo mamlakatlar futbol assosiasiyalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda qit’a futbol uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan dastur, loyiha hamda tashabbuslar bo‘yicha yanada to‘liqroq ma’lumot berishdan iborat bo‘ladi.

Har yili tashkil etiladigan ushbu konferensiyada bu yil shuningdek, OFKning mintaqaviy assosiasiyalari rahbarlari ham qatnashadi.

Ikki kunlik konferensiya davomida bosh kotiblar zamonaviy futbol boshqaruv tizimidagi so‘nggi yangiliklar, tizimdagi yangi o‘zgarishlar xususida yanada ko‘proq ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:42, 02.06.2020.
O'qildi: 2229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик