Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Mirjalol Qosimov: «Asosiy e’tiborni jamoaning umumiy holatini tezroq optimallashtirishga qaratamiz»

Mirjalol Qosimov: «Asosiy e’tiborni jamoaning umumiy holatini tezroq optimallashtirishga qaratamiz»

Baho:
+ | -

AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov karantindan qaytgan futbolchilarning holati va tez orada tiklanadigan Superliga o‘yinlari oldidan klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

— «Avvalo futbol jamoatchiligi va muxlislarni yana futbol qaytayotganligi bilan tabriklayman. Hukumatimiz futbol o‘yinlari va mashg‘ulotlarga ruxsat bergani nafaqat futbol jamoatchiligi, balki millionlar o‘yinini sog‘ingan ko‘plab muxlislarni ham xursand qildi, nazarimda. Muhimi, futbol jamoatchiligi hukumat tomonidan berilgan mazkur ishonch va imkoniyatni qadrlab, hozirgi pandemiya davrida har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshishi kerak. Karantin davrida asosiy vaqtni uyda oila davrasida o‘tkazdik. Bu davr ham qaysidir ma’noda ba’zi holatlar bo‘yicha kerakli xulosalarni chiqarishga yordam berdi.

Karantinda futbolchilarning holatini masofadan nazorat qilib, kerakli dasturlar asosida shug‘ullanishlarini belgilab berdik. Endilikda barcha mavjud tartib qoidalarga amal qilgan holda mashg‘ulotlarni tikladik. Quvonarlisi, futbolchilar karantin davrida o‘z ishlariga professional yondoshib, imkon qadar o‘zlarining jismoniy holatlarini bir me’yorda ushlashga muvaffaq bo‘lishgan. Mashg‘ulotda futbolchilar yashil maydonni, to‘pni va ayniqsa jamoaviy muhitda o‘zaro shug‘ullanishni juda sog‘inishgani ko‘rinib turibdi. Ya’ni ular ishga chanqoq. Bu esa qisqa fursatda restart oladigan Superliga o‘yinlariga ularni har taraflama tezroq sport formalarini optimal holatga keltirishga yordam beradi. To‘g‘ri, tanaffus uzoq cho‘zildi va jamoaning umumiy holatini qisqa fursatda optimallashtirish oson bo‘lmaydi. Lekin fors-major holati barchani bir xil sharoitga qo‘yadi. Shu bois hozirgi asosiy diqqatni avvalo jamoaning jismoniy holatini tiklash va o‘yin tashkil etishda jamoaviy o‘zaro tushunchalarni tezroq yana shakllantirib olishga qaratamiz. Mashg‘ulotlar va o‘yin orasidagi interval qisqa bo‘lsada, chempionat boshlansa uchrashuvlar orqali jamoaning umumiy holatini tezroq tiklashga harakat qilamiz.

Muxlislarsiz futbol asosiy bezagini yo‘qotadi. Lekin hozirgi davrda eng maqbul yo‘l tomoshabinlarsiz o‘yin. Chunki salomatlik va xavfsizlik barcha narsadan ustun. O‘ylashimcha, garchi muxlislar stadionga tusha olishmasada, teleekran orqali katta qiziqish bilan o‘yinlarni tomosha qilishadi. Biz esa ularning qo‘llab-quvvatlovini his etgan holda maydonga bir maqsad — ishqibozlarimizni xursand qilish uchun chiqamiz. AGMK jamoasi olmaliqlik ishqibozlarimizni o‘zining chiroyli o‘yini va natijalari bilan xursand etishi uchun qattiq ishlaydi».

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 14:16, 02.06.2020.
O'qildi: 3035 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.