Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Gvardiolaning ukasi: «Xosep terma jamoada ishlashni orzu qiladi»

Gvardiolaning ukasi: «Xosep terma jamoada ishlashni orzu qiladi»

Baho:
+ | -

Futbol agenti Pere Gvardiola «Manchester Siti»ni boshqarayotgan akasi Xosep Gvardiolaning kelajagi haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, Xosep kelajakda qaysidir milliy terma jamoada ishlashni orzu qiladi.

«Pep qachondir milliy jamoani boshqarishni orzu qiladi. Ko‘ramiz, kelajakda nima bo‘lar ekan. Aniq taklif bo‘lgan vaqtni to‘g‘ri baholay olish zarur. Hozir bu haqda gapirishga erta», — deydi Pere Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, Pep Gvardiola faoliyati davomida «Manchester Siti»dan tashqari «Bavariya» va «Barselona» klublarida ustozlik qilgan. U katalon klubi bilan La Liga va Ispaniya Superkubogida 3 martadan, Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Ispaniya Kubogida 2 martadan zafar quchgan. «Bavariya»da 3 bor Bundesligada, 2 bor Germaniya Kubogida, bir martadan UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan bo‘lsa, «shaharliklar» bilan 2 martadan Angliya chempionati hamda Superkubogida, 3 bor Liga Kubogi va 1 marta mamlakat Kubogida g‘alaba qozongan.

Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi kelishuvi 2021 yilgacha amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:35, 03.06.2020.
O'qildi: 3113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик