Dortmundning «Borussiya» klubi sport direktori Mixael Sorkning so‘zlariga ko‘ra, jamoa joriy mavsum chempion bo‘lish orzusi bilan xayrlashdi.
— Bizning nazarimizda chempionat taqdiri hal bo‘ldi. «Bavariya» klubi yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yishiga ishonmaymiz. Biz hozir ikkinchi o‘rindamiz va mavsumni mana shu o‘rinda yakunlashni istaymiz — Sorkning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Borussiya» klubi rasmiy sayti.