Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Uesli Sneyder: «Messi yoki Ronaldudek bo‘la olardim, ammo buni xohlamaganman»

Uesli Sneyder: «Messi yoki Ronaldudek bo‘la olardim, ammo buni xohlamaganman»

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi tarkibida Jahon va Yevropa chempionatlarida sovrindor bo‘lgan Uesli Sneyder o‘z faoliyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu kabi bo‘lishim mumkin edi. Ammo men shunchaki buni xohlamaganman.

Men hayotdan zavqlanib yashadim, ba’zida kechki ovqat paytida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishim mumkin edi.

Messi va Krishtianu — butunlay o‘zgacha, ular faoliyati uchun juda ko‘p narsalarni qurbon qilgan.

Shunga qaramay, hech narsadan afsuslanmayman, mening faoliyatim baribir ajoyib o‘tdi deb ayta olaman», — deydi Sneyder.

Ma’lumot uchun, Sneyder «Ayaks» akademiyasidan yetishib chiqqan va faoliyati davomida qadrdon klubidan tashqari «Real», «Inter», «Nissa», «Galatasaroy» kabi jamoalarda to‘p surgan. Shuningdek, u o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Niderlandiya terma jamoasi rekordchisi hisoblanadi. Sneyder 2019 yilda faoliyatini yakunlagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:52, 05.06.2020.
O'qildi: 4609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик