Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Anxel Di Mariya: «2017 yilda «Barsa»ga o‘tmaganimdan xursandman»

Anxel Di Mariya: «2017 yilda «Barsa»ga o‘tmaganimdan xursandman»

Baho:
+ | -

«PSJ» yarim himoyachisi Anxel Di Mariya 2017 yilda «Barselona»ga o‘tishi mumkinligini yodga oldi.

«Men Parijda baxtli edim, ammo klubdagi ba’zi insonlar menga shunday narsalarni gapirishgan ediki, bu gaplar yakunda yolg‘on bo‘lib chiqdi.

«Barsa» meni o‘z safiga chorladi. Klublar muzokara olib borishdi, ammo «PSJ» meni sotishni istamadi. Shu bilan barchasi yakunlandi.

O‘sha yolg‘on meni qattiq ranjitgan edi, ammo jamoadan ketmaganimga xursand bo‘lgandim. Ayni paytda men Parijda baxtliman. Yevropadagi faoliyatimni «PSJ»da yakunlashni istayman. Hozir faqat shu haqda o‘ylayapman.

Bu yerda o‘zim va oilam baxtli. Ammo nima bo‘lishini bilmayman. Biz shartnoma borasida hech qanday muzokara olib bormayapmiz, ammo hozir bu haqda o‘ylamayapman. E’tiborimni futbolga qaratishni istayman, qolgani keyin keladi.

Chempionlar ligasida yana g‘alaba qozonish ajoyib ish bo‘lardi. Gap faqat sovrinda emas, klub va uning muxlislariga bo‘lgan munosabatda», – dedi Di Marii Goal.com nashriga bergan intervyusida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 05:58, 06.06.2020.
O'qildi: 6130 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик