Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut - Brentford
12/09 19:00 Aston Villa - Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas - Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem

Menni Pakyao Filippin prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi

Menni Pakyao Filippin prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi

Baho:
+ | -

Amerikaning Top Rank promouterlik kompaniyasi bosh direktori Bob Arumning ta’kidlashicha, sakkiz vazn toifasida Jahon chempioni Menni Pakyao 2022 yilda Filippinda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi.

«Menimcha, kichkina Menni Pakyao prezident bo‘lgan birinchi bokschi bo‘ladi. Uning o‘zi menga bu haqda aytib berdi.

Men u bilan Zoom ilovasi orqali gaplashdim. U menga shunday dedi: ‘Bob, men 2022 yilgi Filippin prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodimni qo‘ymoqchiman. Men prezident bo‘lganimda, inaugurasiya marosimida (qasamyod qabul qilish) ishtirok etishingni xohlayman’», — deydi Bob Arum.

Ma’lumot uchun, Filippindagi prezidentlik saylovlari 2022 yilning 9 may sanasida bo‘lib o‘tadi. 41 yoshli Pakyao 2009 yildan beri o‘z mamlakatining vakillar palatasi a’zosi hisoblanadi.

U faoliyati davomida 71 ta jang o‘tkazib, shulardan 62 (39 ta nokaut) tasida g‘alaba qozongan, 7 tasida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 2 marotaba murosa yo‘lini tanlagan. U oxirgi jangini 2019 yilning yozida amerikalik Kit Turmanga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:48, 08.06.2020.
O'qildi: 3018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик