Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

U16 Osiyo chempionati qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi

U16 Osiyo chempionati qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Shu yili Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederasiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu musobaqaning yarim finaliga yetib borgan jamoalar 2021 yil Peruda tashkil etiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston U16 terma jamoasi qur’a tashlash jarayonida Xitoy, Qatar va BAA vakillari bilan bir savatdan joy oladi.

Ayni paytda, terma jamoamiz poytaxtimizdagi «Chig‘atoy» bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bormoqda.

U16 Osiyo chempionati-2020. Qur’a tashlash marosimi – Kuala-Lumpur, Malayziya
18 iyun, soat 11.30 (Toshkent vaqti bilan)

1-savatcha: Bahrayn, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya

2-savatcha: Avstraliya, Shimoliy Koreya, Indoneziya, O‘mon

3-savatcha: Hindiston, Eron, Yaman, Saudiya Arabistoni

4-savatcha: Xitoy, O‘zbekiston, Qatar, BAA

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:01, 08.06.2020.
O'qildi: 4772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик