Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Barselona» sobiq prezidenti: «Figu xoin edi. Peres esa qabih ishga qo‘l urgan»

«Barselona» sobiq prezidenti: «Figu xoin edi. Peres esa qabih ishga qo‘l urgan»

Baho:
+ | -

«Barselona» sobiq prezidenti Joan Gaspart Luish Figuning mojaroli transferi haqida gapirdi.

«Figu xoin edi. Men «Barselona« prezidenti etib saylangan kechada Figu menga qo‘ng‘iroq qilib, unda ikki yo‘l borligini aytdi — biri Madridga ketish, ikkinchisi «Barselona»da qolish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agenti «Real» bilan shartnoma imzolab qo‘ygan. Agar Figu unga imzo chekmasa, taxminan, 3 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri kelardi. Figu agentini noqulay ahvolga solib qo‘yish niyati yo‘qligini aytdi, ammo agar «Barselona» shu pulni to‘lab bersa, qolishi mumkinligini aytdi.

Men unga pullarni to‘lashimizni aytdim. Figu esa bank kafolat hujjatini olishimni so‘radi, biroq tun edi va men buni qila olmadim. Men unga barcha majburiyatlarni o‘z zimmamizga olishimiz haqida kafolat berdim, ammo u «Real»ga o‘tib ketdi. Bu mening yaqin do‘stim – Florentino Peresning jirkanch va makkorona ishi edi», — deydi Joan Gaspart.

Eslatib o‘tamiz, Figu 2000 yilda «Barselona»dan «Real»ga o‘tgan. U «Real» safida 2000—2005 yillarda to‘p surgan, umumiy hisobda 239 ta o‘yin o‘tkazib, 57 ta gol urgan. U futbolchilik faoliyatini 2009 yilda «Inter»da yakunlaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:41, 09.06.2020.
O'qildi: 6298 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик