Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Nurmagomedovning menejeri: «Habibning otasi ko‘zini ochdi. Yaratganning o‘zi vaziyatni nazorat qilmoqda»

Nurmagomedovning menejeri: «Habibning otasi ko‘zini ochdi. Yaratganning o‘zi vaziyatni nazorat qilmoqda»

Baho:
+ | -

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz jangchining otasi — Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli yaxshilanayotgani va tiklanishidan dalolat beruvchi ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini ma’lum qildi.

«Habib kuchli inson. Uning oilasi va otasi haqida ham shunday deyish mumkin. Uning ahvoli yaxshilanmoqda. U ko‘zini ochdi, biroz qimirladi — bu yaxshi belgidir. Yaratganning o‘zi vaziyatni nazorat qilmoqda. Barchamiz uning sog‘ayishiga ishonamiz. Hozirda hamma narsa faqat uning sog‘lig‘iga bog‘liq. Ammo u sog‘aymoqda va barchamiz bundan juda xursandmiz», — deydi Ali Abdulaziz.

Eslatib o‘tamiz, 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov bir necha hafta davomida Moskvadagi kasalxonalardan birida davolanmoqda, shifokorlar uning ahvolini og‘ir deya baholagan. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy nafaqat o‘g‘li, balki Rossiyaning bir qator taniqli UFC jangchilari bilan ham hamkorlik qiladi. Mutaxassis 25 aprel kuni Dog‘istondagi shifoxonalardan biriga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgandi. 3 may sanasida esa ahvoli og‘irlashgani sababli Moskvaga olib borilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:39, 10.06.2020.
O'qildi: 3188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик