Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Van Deyk «Liverpul» tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi

Van Deyk «Liverpul» tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi

Baho:
+ | -

Himoyachi Virjil van Deyk «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzolaydi va klub tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.

Niderlandiyalik futbolchi yana 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Bu vaqt davomida u 57 mln funt ishlab topadi. Uning haftalik maoshi 220 ming funt sterlingga teng bo‘ladi.

Hozirgi paytda mersisaydliklarning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchisi Muhammad Saloh hisoblanadi. Uning haftalik maoshi 200 ming funtga teng.

Van Deyk 2018 yilning yanvar oyida 75 mln funt sterling evaziga «Sautgempton»dan «Liverpul»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 41ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 05:20, 12.06.2020.
O'qildi: 5440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик