Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Navbahor» oldiga jiddiy vazifa qo‘yildi

«Navbahor» oldiga jiddiy vazifa qo‘yildi

Baho:
+ | -

Bugun “Navbahor” o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbayevich Bozorov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Olim Botirovich Isayev, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, klub rahbariyati, “Markaziy” o‘yingoh direktori Nabixon Abdug‘aniyev, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, koronavirus pandemiyasi sababli butun dunyo, shu jumladan, O‘zbekistonda ham futbol o‘yinlari vaqtincha to‘xtatilganligi, 13 iyundan yurtimizda yana Superliga bahslari restart olayotganligi quvonarli holat ekanligi, “Navbahor”ning oldiga joriy mavsumda yuksak maqsad, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilganligi, buni amalga oshirish uchun futbolchilar bahamjihat, maydonda jonkuyarlik bilan to‘p surishlari lozimligi, muxlislarga o‘z g‘alabalari bilan quvonch ulashish futbolchilarga bog‘liq ekanligi, jamoaga yuragida o‘ti bor, “Navbahor” sha’ni uchun kurashadigan o‘yinchilar kerakligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, “Navbahor” PFK prezidenti Olim Isayev so‘zga chiqib, futbolchilar xalqqa xursandchilik baxshida etadigan kasb sohiblari ekanligi, koronavirus pandemiyasi davrida muxlislarga o‘zlarining g‘alabalari bilan quvonch hadya etishlari lozimligini aytib o‘tdi.  

So‘ngra, “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis, jamoa sardori Azimjon Ahmedov, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Azizbek Turg‘unboyev so‘zga chiqib, “Navbahor”ga yaratilayotgan sharoitlar uchun Xayrullo Bozorov, shuningdek, klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, bu yil jamoa o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirishi, ishonchni oqlash uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilishlarini ta’kidlashdi.

14 iyun kuni Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan, safarda Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi kechadigan bo‘lajak o‘yin oldidan futbolchilarni ruhlantirish maqsadida, klub rahbariyati tomonidan jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilariga ism-shariflari yozilgan esdalik qo‘l soatlari sovg‘a qilindi hamda uni Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov topshirdi.

Yig‘ilish so‘nggida Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan shahar hokimi Olim Isayev hamda klub rahbariyati jamoaga Qarshidagi hamda joriy mavsum davomidagi uchrashuvlarda omad yor bo‘lishi, OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini tilashdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:12, 12.06.2020.
O'qildi: 6477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик