"Napoli" klubining ikki futbolchisi "Inter"ga qarshi Italiya kubogidan o‘rin olgan javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Italiya matbuotining xabariga ko‘ra, neapolliklarning ikki havbeki Allan va Fabian Ruis "neradzurrilar"ga qarshi maydonga tushmaydi. Qolaversa, hujumchi Mertensning ham sog‘ligi bilan muammolar bor.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" va "Inter" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda Gattuzo shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.