Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ro‘ziqul Berdiyev: “Navbahor”dan aynan shunday o‘yin kutgan edik

Ro‘ziqul Berdiyev: “Navbahor”dan aynan shunday o‘yin kutgan edik

Baho:
+ | -

Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“3 oylik tanaffusdan so‘ng bugun har ikkala jamoa ham shiddatkor, mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. “Navbahor” qarshi hujumda o‘ynashini kutgan edik. Shunga qaramasdan, e’tiborni yo‘qotdik va ikkita to‘p o‘tkazib yubordik.

Jamoa oxiriga qadar kurashdi. Jismoniy, taktik jihatdan raqibdan ustunlik qildik. Jadvalda birinchi tursangiz, albatta bu narsa sizni xursand qiladi. Ushbu o‘rindan muqim joy olishga harakat qilamiz”, - dedi Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:55, 14.06.2020.
O'qildi: 4725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик