Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ulug‘bek Mirzayev: «Bosh homiyimiz, klubimiz rahbarlari va bizni bunday og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat!»

Ulug‘bek Mirzayev: «Bosh homiyimiz, klubimiz rahbarlari va bizni bunday og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat!»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Superligasining 4-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Ushbu turni «qaldirg‘ochlar» 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z ochkolari jamg‘armasini navbatdagi uch ochko bilan to‘ldirgan «Bunyodkor» - «Qo‘qon-1912» bellashuvi boshlab bergan edi. «Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev jamoa yutuqqa erishgan uchrashuvning tashkiliy jihatlariga oid fikrlarini bildirib o‘tdi: 

- Uch oylik tanaffusdan so‘ng, nihoyat, Coca Cola Superliga musobaqalari davom ettirildi. Mana, bugun, tur bahslari yakuniga yetdi. 

13 iyun kuni zimmamizda juda katta mas’uliyat bor edi. Ya’ni Superliga restartidagi ilk uchrashuv aynan «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga to‘g‘ri keldi. Barchaning xabari bor, Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston Professional futbol ligasiga bir nechta qat’iy shart va talablar bilan 5 iyundan musobaqalarni davom ettirishga ruxsat bergan edi. Aniqrog‘i, sanitariya-gigiyena me’yorlari va qoidalariga to‘liq rioya qilingan holatdagina o‘yinlarni davom ettirish mumkin edi. PFL buni klublarga uqtirdi, talablarga amal qilish shartligini tushuntirdi. Biz ham bu talablarni to‘g‘ri qabul qilib, uchrashuvni chiroyli o‘tkazish uchun juda katta hajmdagi ishlarni bajardik. Barcha tashkiliy masalalarni ijobiy hal qilish ustida ishladik va buning asnosida ortda qolgan shanba kuni «Bunyodkor» stadionidagi uchrashuv juda chiroyli o‘tdi. Bellashuv komissari, PFL vakili Sardor Qudratullayev bilan o‘yindan so‘ng suhbatlashganimizda, u ham ijobiy fikr bildirib, uchrashuv tashkiliy tomondan hech qanday muammolarsiz o‘tganini ta’kidladi. Bu, albatta, bizni xursand qildi. Qolaversa, jamoamizning g‘alaba qozongani kayfiyatimizni yanada ko‘tardi. Futbolchilar, murabbiylar, klub xodimlari tomonidan qilingan ishlar, mehnatlar o‘z samarasini bergani uchun ham quvondik. 

Bizning bosh homiyimiz - «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevga, klubimiz prezidenti - «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurovga «Bunyodkor» futbol klubida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar nomidan chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Chunki kuni kecha qo‘lga kiritilgan g‘alabamiz zamirida nafaqat mehnatimiz, balki homiylarimizning karantin, pandemiya vaqtida, iqtisodiy tomondan qiyin paytda jamoamizni qo‘llab-quvvatlashayotgani, klubimiz faoliyati bir maromda davom etishi uchun zarur mablag‘larni ajratib berishayotgani yotibdi. Bundan tashqari, “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan uchrashuv juda chiroyli hamda Respublika maxsus komissiyasining talablari bo‘yicha o‘tishida katta hajmdagi ishni bajargan «Bunyodkor» stadioni direksiyasiga va har bir xodimiga, shuningdek, klubimizning fidoyi, jonkuyar ishchi-xodimlariga rahmat aytmoqchiman. Ta’kidlaganimizdek, bu pandemiya vaqtidagi ilk o‘yin edi. Uchrashuvni qanday o‘tkazishimiz ko‘pchilikni qiziqtirayotgandi. Bizni diqqat bilan kuzatishayotgandi. Shukrki, jonkuyar xodimlarning mehnati tufayli tashkiliy masalalarda doimo ilg‘or bo‘lganmiz. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi va hech kimning yuzini yerga qaratmaymiz. Doimgidek, namuna bo‘lishga intilamiz. Bundan keyin ham «Bunyodkor»ning shon-shuhratini yanada yuqoriga ko‘tarish uchun harakat qilamiz.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 00:30, 16.06.2020.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.