Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Zarruh Adashev: «Taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan vaqtimda meni o‘marib ketmoqchi bo‘lishgandi»

Zarruh Adashev: «Taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan vaqtimda meni o‘marib ketmoqchi bo‘lishgandi»

Baho:
+ | -

2012 yildan buyon AQSHda hayot kechirayotgan o‘zbekistonlik UFC jangchisi Zarruh Adashev Nyu-Yorkda taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan vaqtidagi voqea haqida gapirdi.

«Uber’da haydovchi bo‘lib ishlab yurgan vaqtimda, bir mart meni o‘marib ketmoqchi bo‘lishdi, biroq oxir-oqibat shunday bo‘ldiki, ular yo‘lkiradan tashqari odatdagidan ko‘proq choychaqa tashlab ketdi. Voqea shunday bo‘ldi: men xavfli tumanlardan biriga borib qoldim, u yerda bezorilar yashaydi. Odatda boshqa haydovchilar u yerga borganda dasturni o‘chirib, juftakni rostlashni maslahat beradi.

Mijoz chiqdi, o‘ylab qoldim: ‘Olib ketaman. Pul axir’. Mashinaga ‘ko‘cha bolalari’ o‘tirdi. Dasturda Meter deb nomlangan funksiya bor, uni yoqishing bilan hisoblagich ishga tushadi. Men uni yoqdim, ulardan biri shunday dedi: ‘Qani o‘chir’. Men mashinani to‘xtatib, shunday dedim: ‘Nimaga? Tushishni xohlaysizmi?’. Ular javob berdi: ‘Yo‘q, shunchaki tekinga ketishni istaymiz’.

Tahdid qilishni boshlashdi. Albatta, jangchiman, biroq baribir qo‘rquv bor edi. Axir boshqa hududdaman, bir o‘zimman. Darhol telefonimni oldim va mashinadan tushdim, raqam terishni boshladim, ular esa: ‘To‘xta-to‘xta, bo‘ldi, o‘chirishing shart emas’. Joyimizga o‘tirdik va ketdik.

Menda har doim suratlarim tushirilgan kartochkalar bo‘lgan. Murabbiy bo‘lishni xohlardim, mashinaning barchaga ko‘rinadigan joyiga suratimni yopishtirib qo‘ygandim, qiziqqanlarni mashg‘ulotlarimga taklif qilardim. Har doim sport zal ochish rejalarimdan biri bo‘lgan.

O‘sha yo‘lovchilardan biri so‘radi: ‘Sening suratingmi? Jang qilasanmi?’. Janglarda qatnashishim haqida ularga aytib berdim. Ular ham UFC muxlisi ekan, so‘rashdi: ‘Jon Jonsni bilasanmi?’. Javob qaytardim: ‘Albatta, u axir mening sevimli jangchim!’. Ularni aytilgan joygacha olib bordim va yo‘lkiradan tashqari 20 dollar choy-chaqa puli berishdi», — deydi Adashev.

Zarruh 14 iyun tongida Las-Vegasda tashkil etilgan UFC’ning navbatdagi musobaqasi doirasida amerikalik Tayson Nemga qarshi oktagonga chiqib, 1-raundning 32-soniyasida nokautga uchradi.

Ma’lumot uchun, Zarruh UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. MMA’dagi natijasi esa Nemga qadar shunday edi: to‘rtta jang, uchta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat. Samarqandlik 27 yoshli sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:30, 16.06.2020.
O'qildi: 6431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.