Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Xayrulla Hamidovdan anons: «Ikkinchi final...»

Xayrulla Hamidovdan anons: «Ikkinchi final...»

Baho:
+ | -

“Marka” nashrining yozishicha, restart o‘yinidan so‘ng “Real” ustozi Zidan kiyim almashtirish xonasida ikkinchi bo‘limni tashlab yuborgan shogirdlariga rosa baqirgan, narsalar otgan va qay birlarinidir jazolagan. Chindan ham birinchi bo‘limni go‘zal tarzda o‘tkazgan qirollik klubi tanaffusdan so‘ng “Eybar”ga imkoniyatni boy berishi ham mumkin edi. Kurtua superseyvlarni qatorlashtirib tashlamaganida...

Shu nashrga tayanib yana bir ma’lumotni aytamiz: “Valensiya” so‘nggi soniyalarda g‘alabani boy berganidan so‘ng bosh murabbiy Selades shogirdlari bilan deyarli gaplashmay qo‘ygan. Jahlini ifoda qilish niyatida. Dahshat asabiylashgan.

“Di Stefano” o‘yingohida bugun shu ikki asabiylashgan klub o‘zaro to‘qnash keladi. “Real” bilib turibdiki, bu safar raqib “Eybar” emas, “Valensiya”, qaysiki oxirgi o‘n yillikda La liganing ikki gigantidan eng ko‘p ochko tortib olgan klub.

Ha, “ko‘rshapalaklar”ning o‘yini u qadar zo‘rmas, ha, jamoa murabbiyi Selades hali bu klubni “o‘zlashtirib” ulgurmadi, ha, so‘nggi daqiqalardagi konsentrasiya masalasida muammo bor, biroq “Valensiya” doimo grantlar bilan zo‘r o‘ynaydi. Shu faktning o‘zi bugungi bahsning shiddatli o‘tishiga kifoya qiladi. Selades aksiga olib “Real”da o‘ynagan (“Barsa”da ham), Zidan qo‘l ostida, demakki, murabbiy uchun prinsipial o‘yin bu.

“Mestalya”da g‘alabani so‘nggi soniyalarda Kurtuaning qahramonligi evaziga qo‘ldan boy bergan jamoa navbatdagi uchrashuvga ko‘p narsa tikib qo‘ygan – agar mag‘lubiyatga uchrasa, YECHL yo‘llanmasidan umidini uzsa ham bo‘laveradi, ammo YELga imkoniyati saqlanib qoladiki, taqvimning davomi valensiyaliklarga ancha yaxshi. “Real”ning vaziyatini esa bilasiz, “Barselona” bilan izma-iz borishi uchun ham raqib tanlashga haqqi yo‘q – faqat yengishi zarur. Zidan aytganidek, 11ta final o‘tkazadi va ichida eng asosiysi shu bahsga o‘xshayapti.

Bugun Futbol TV telekanalida tungi 01:00da mazkur bellashuvni birgalikda kuzatamiz. Ispaniya gigantlariga haqiqiy sinovlar boshlandi...

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 12:01, 18.06.2020.
O'qildi: 5015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик