Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Rimda “o‘ldi“ga chiqqan Ronaldu yoxud "Yuventus" uchun mavsum tugadi(mi?)

Rimda “o‘ldi“ga chiqqan Ronaldu yoxud "Yuventus" uchun mavsum tugadi(mi?)

Baho:
+ | -

Kecha “Olimpiko“ o‘yingohida “Napoli“ jamosi o‘z tarixida 6 marotaba Italiya kubogiga ega chiqdi. O‘yinning kechishi va “Yuventus“ jamoasini penaltilar seriyasiga qadar “etaklagan“ Neapolliklar ustozi Gattuzo, qaysidir ma’noda yarim finaldagi sobiq jamoasi “Milan“ning alamini olgandek go‘yo. Aksincha, Turinliklarga “Inter“ ro‘baru kelgandachi? Konte shogirdlari finalda boshqachoroq futbol taklif etgan bo‘larmidi? Ko‘rdikki, Mauritso Sarri jamoasi uchun restart yoqimli bo‘lmadi. 11 metr nuqtadan kutilmaganda noaniqlik, hatto, undan avvalgi ishtiyoqsiz o‘yinlar ham bevosita Portugaliyalik fenomenning kayfiyatiga ehtimolki, ta’sir ko‘rsatgan.

Kamiga, Rimda uni “o‘zgacha“ kutib olganlar ham bo‘ldi. Murabbiyning Yuventus xarakteriga qanchalar mos yoki mos emasligi tobora ayon bo‘lib boryapti. Sanoqli kunlardan so‘ng, “A Seriya“ qaytadi, ayni paytda turnir jadvalida “zebralar“ peshqadam. Italiyalik mutaxassis hech bo‘lmaganda muxlislarda yaxshi taassurot qoldirish uchun ham g‘olib bo‘lishga harakat qiladi. Lekin, "Lasio", "Inter" kabi raqobatchilar soyadek ta’qib etmoqda, shuningdek chempionlik uchun qat’i da’vo qilmoqda.

Avgustda davom etishi aniq bo‘lib ulgurgan YECHLda ham biroz “tushunarsiz“ holat. Kutilmagan paytda “Lion“dan uchralgan mag‘lubiyat. Vaziyat esa yana og‘irlashdi. Murabbiy boshchiligidagi jamoaning o‘zini o‘zi, qiyin ahvolga solib qo‘yayotgani, o‘yinda jamoaviy ruh, har bir gol uchun tashnalik, har bir g‘alaba uchun ishtiyoq yetishmayotganligidan ham ko‘rinib turubdi. Ayni paytdagi holati haqida nimadir aytish mushkul bo‘lgan Fransuz klubi to‘sig‘idan o‘tilgan taqdirda ham, keyingi dovonda og‘ir qiyinchilklar girdobiga tushib qolish hech gap emas. Shu boisdan ham, Andrea Anelli paydo bo‘lgan ushbu jarohat yiriglamasdan turib, vaqtida malham topish ishlarini boshlagani ma’qul.

Shundagina, bir necha oydan buyon 7-raqamli futbolchining jamoani tark etishi borasidagi xabarlar faqat mish-mishligicha qolishi mumkin.

Ko‘ramiz, kuzatamiz Turinda muammolar boshlanmoqda...


Dadajon FOZILJONOV tayyorladi

Kiritildi: 20:37, 18.06.2020.
O'qildi: 7837 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.