Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Masjid qurgan futbolchini bilasizmi?

Masjid qurgan futbolchini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Rossiya futboli eng tomoshabop va qiziqarli emasligiga hamda dunyoda Rossiya Premyer-ligasi o‘yinlarini kimdir tomosha qilishi dargumon, ammo ba’zida shunday ajoyib o‘yinchilar kelishadiki, ular o‘zlarining o‘yinlaridan ko‘ra savobli amallari bilan yodda qolib ketishadi. Ulardan biri Qozon shahrining  “Rubin" jamoasida o‘ynagan turk futbolchisi Go‘kdeniz Karadenizdir.

Albatta, u Kokorin va Mamayev kabi taniqli emas, ular Rossiya jamoasining mag‘lubiyatini nishonlash uchun Monakoda shampan vinosi sotib olish uchun 50 ming yevro sarflamaydi, ammo u katta pulni qanday sarflashni biladi. Bu turk nafaqat o‘z klubiga Rossiya chempionligini ikki marta, bir xil miqdordagi Superkubok va Rossiya kubogini qo‘lga kiritishga yordam berdi, balki Qozon yaqinidagi Kalinino qishlog‘ida masjid qurishga kirishdi va buning uchun kamida 60 million rubl ajratdi!

"Men uni qurishim kerak, bu mening burchimdir! Men o‘zimga o‘zim: agar men yaxshi futbolchi bo‘la olsam, albatta masjid quraman, deb aytganman. Alloh menga o‘zim yaxshi ko‘rgan kasbim bilan mashg‘ul etdi va katta pul topish imkoniyatini berdi. Shunday ekan, men o‘zimga bergan va’damni bajarmaslikka haqim yo‘q».

SSKA tarkibida 6 mavsumda 60dan ortiq to‘p kiritgan Nigeriya terma jamoasining eng yaxshi hujumchisiga aylangan Ahmad Musa 2018 yil muqaddas Ramazon oyida o‘z vatanida bo‘lib, u yerda Kano shahrining bir nechta qamoqxonalariga tashrif buyurdi. Qarzlarini to‘lamaganlar borligini bilib, qirq nafar mahbusni qamoqdan ozod qilishga yordam berdi. Ularning qarzlarini o‘z hisobidan to‘lab, ularga uyga, ota-onasi va yaqinlari bag‘riga qaytishga imkon yaratdi.

Ko‘pchiligi qashshoqlikda kun kechirayotgan boshqa Nigeriya fuqarolari ham uning e’tiboridan chetda qolmadi. Ular uchun musulmon sportchi pul va oziq-ovqatlar tarqatdi.

Asli malilik yana bir fransuz yarim himoyachisi, 2018 yilda Moskvada Jahon chempioni bo‘lgan N’Golo Kante. Uning London klubidagi besh yillik shartnomasi Abramovichga 32 million funt sterlingga tushdi va u Fransiya jamoasidagi ilk golini Rossiya jamoasi darvozasiga urdi.

Bu solih musulmon Afrikada xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi, butun dunyoda bolalarga yordam beradi va nafaqat o‘zining astronomik maoshi bilan, balki hayratlanarli kamtarligi bilan ham tanilgan. Hattoayrim "yulduzlar" dabdabali sport avtomobillarini haydab yurgan bir paytda, haftasiga 110 ming funt ishlab topadigan N’Golo atigi 20 ming funt sterlingga teng “Mini Kuper” mashinasida yuradi va o‘z boyligi bilan maqtanmaydi.

Bolaligida, ota-onasiga 8 uka va singillarini boqish uchun yordam berib, Kante Parijning chekkalarida plastik axlat yig‘ib, uni qayta ishlashga topshirar edi.

"Men hech qachon mashinalarni yaxshi ko‘rmaganman va hech qachon hashamatli avtomobilim bo‘lishini orzu qilmaganman", degan edi u The Sunday Times nashriga. – “Mini” chap tomon harakatiga o‘rganish uchun qulay avto ekan. "Chelsi" bilan shartnomadan keyin mening hayotim o‘zgarmadi va men hali ham uni minib yuribman. U juda qulay".

Jahon chempioni. Ikki Premyer-liga va kubok, Angliya va Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi va... ancha yurgan “Mini”ning egasi. N’Golo – bizning sayyoramizdan emas.

2018 yilda Kante ehson qilgan mablag‘ uning klubdagi yillik daromadidan oshib ketdi – 6 000 000 funt!

Muhammad al-SHanaviy – Qohiraning “Al-Ahli” va Misr terma jamoasi darvozalarini himoya qilayotgan darvozabon.

Muhammad al-SHanaviy o‘ta boy futbolchi emas, u Yevropa chempionatlarida o‘ynamagan va uning xayr-ehsonlari haqida ham gapirish qiyin, ammo e’tiborni tortadigan jihati boshqa yoqda.

Muhammad 2018 Jahon chempionatidagi Misr-Urugvay o‘yinining  “eng yaxshi o‘yinchisi” deb tan olindi. Ammo al-SHanaviy unga berilgan mukofotni rad etdi. Ushbu mukofotni olishni istamasligining sababi uning homiysi alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lganligi va Islomga binoan odamlarning hayotini zaharlaganligi va musulmon futbolchisi bunday "sovg‘a"ni olmay o‘z diniga sodiq qolgani edi...

Manba: azon.uz
Kiritildi: 22:15, 18.06.2020.
O'qildi: 7666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.