Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

La liga. «Real» ikkinchi bo‘limda «Valensiya»ni taslim etdi

La liga. «Real» ikkinchi bo‘limda «Valensiya»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» o‘z uyida «Valensiya»ni qabul qilib, ikki taymda ikki xil o‘yin namoyish etib berdi.

Birinchi bo‘limda "ko‘rshapalaklar" ancha xavfli ko‘rinishdi. Bir vaziyatda Rodrigoning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, ikkinchi vaziyat hujumchining golini VAR bekor qildi.

Madridliklar birinchi taymda raqib darvozasi tomon juda ko‘p zarbalar berishdi, ammo ularning o‘yinida muvozanat yetishmagani uchun raqibning qarshi hujumlari xavfliroq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda esa Zidan barchasini joy-joyiga qo‘ydi. Natijada mehmonlar maydon markazidan deyarli o‘ta olishmadi, to‘pni juda ko‘p yo‘qotishdi. "Real"ning urinishlari esa besamar ketmadi. Boz ustiga, "Valensiya" murabbiyining o‘yinchi almashtirishlari muvaffaqiyatli chiqmadi.

Bahsning 61-daqiqasida Azarning uzatmasidan keyin Benzema darvozani ishg‘ol qildi. Uchrashuvning 73-daqiqasida Marko Asensio 11 oylik tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushdiyu, ilk urinishdayoq darvozani ishg‘ol qildi. Unga to‘pni Ferlan Mendi uzatgandi.

O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida Benzema juda chiroyli gol muallifiga aylandi. Asensioning uzatmasidan keyin Karim to‘pni jarima maydoni ichida to‘pni himoyachining ustidan oshirib o‘tdi va uni yerga tushirmasdan chap oyoqda zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, to‘rga borib tushdi!

Shu tariqa, "Real" ikkinchi bo‘limdagi ideal o‘yini tufayli yirik hisobda g‘alaba qozondi. Zidan shogirdlari "Barsa"ni ta’qib qilishda davom etishadi.

Ispaniya La ligasi, 29-tur
Real Madrid – Valensiya 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 61 Benzema, 2:0 – 74 Asensio, 3:0 – 86 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Mendi, Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde (Asensio, 74), Azar (Vinisius Junior, 82), Benzema.
Valensiya – Sillessen, Gayya, Mangalya, Gilyamon, Vass, Soler (Cherishev, 69), Kondogbia, Parexo (Koklen, 69), Ferran Torres (Gedesh, 59), Rodrigo (Li Kan In, 76), Maksi Gomes (Gameyro, 60).
Ogohlantirishlar: Gayya (24), Gilyamon (84).
Chetlatish: Li Kan In (89).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:01, 19.06.2020.
O'qildi: 3196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик