Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Paxtakor” – “Bunyodkor”. O‘zaro o‘yinlar tarixidan

“Paxtakor” – “Bunyodkor”. O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Superligada mavsumning eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri bugun bo‘lib o‘tadi. Futbolni sog‘ingan muxlislar soat 20:00 dan e’tiboran “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi poytaxt derbisi guvohiga aylanishadi.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar chempionat doirasida hozirga qadar 28 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, kichik ustunlik “sherlar” tarafida. O‘zaro uchrashuvlarning 10 tasida “Paxtakor” zafar quchgan, 9 ta bahsda “qaldirg‘ochlar”ning qo‘li baland kelgan. 9 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 31-30, “Paxtakor” foydasiga.

“Sherlar”ning mazkur derbida qozongan eng yirik g‘alabasi 4:0, “Bunyodkor”niki esa 3:0 ni tashkil etadi.

Ushbu qarama-qarshilik soat 20:00 da “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:38, 19.06.2020.
O'qildi: 5046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик