Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

UEFA qit’ada JCH-2022 saralash bosqichi tartibini tasdiqladi

UEFA qit’ada JCH-2022 saralash bosqichi tartibini tasdiqladi

Baho:
+ | -

UEFA ijroiya qo‘mitasi Yevropa qit’asida JCH-2022 saralash bosqichi tartibi va qur’a mexanizmini tasdiqladi. Endi FIFA buni tasdiqlanishi kerak.

Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati uchun 13ta yo‘llanma ajratilgan. Saralash bosqichi 2021 yilning mart oyida start oladi va 2022 yilning mart oyida pley-off o‘yinlari bilan yakuniga yetadi.

Qur’a tashlash marosimi qachon va qayerda o‘tkazilish masalasiga keyinroq oydinlik kiritiladi. UEFAga a’zo barcha terma jamoalar 10ta guruhga taqsimlanadi (5ta guruhda 6ta jamoa, 5ta guruhda 5tadan jamoa). Qur’adan oldin jamoalar 6ta savatchaga ajratiladi (FIFA reytingining 18.11.2020 holatiga asosan).

10ta guruh g‘oliblari JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.

Guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallagan 10ta terma jamoa hamda Millatlar ligasi-2020/2021 musobaqasida guruh g‘oliblari orasida eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan 2ta jamoa (JCH-2022 saralash guruhlarida yuqori 2ta o‘rinni egallamagan termalar) ikkita bosqichdan iborat pley-offda ishtirok etishadi. Birinchi bosqichda o‘zaro o‘yinlar orqali 6ta g‘olib aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa JCHga chiqadigan 3ta jamoaning nomi aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 21:44, 19.06.2020.
O'qildi: 3796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.