"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro jarohati sababli kamida uch haftani o‘tkazib yuboradi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
29 yoshli braziliyalik tizzasidan jarohati oldi, shu sababli u bo‘lajak uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmaydi.
2019/20 yilgi mavsumda Sandro "Yuventus" safida 33 uchrashuvda maydonga tushib 4 ta gollik uzatma amalga oshirdi.