Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Bruno: “Meni Ronaldu kuzatib bormoqda”

Bruno: “Meni Ronaldu kuzatib bormoqda”

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Bruno Fernandesh “Tottenhem”ga qarshi o‘yin haqidagi fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. ESPNnashri uchun bergan intervyusida, futbolchi Pogba va Ronaldu bilan munosabatlariga oydinlik kiritib o‘tdi.

Meni va Polni barcha bir jamoada to‘p surishimizni istamoqda. Albatta, biz ham “qizil iblislar” sharafini himoya qilishdan mamnunmiz. Allaqachon u bilan do‘stlashib oldim. Endi maydondagi harakatlarimiz orqali jamoamizning g‘alabasini t’aminlashimiz lozim.

Tan olish lozim, ikkimiz ham maydonda tavakkal qilishga moslashgan futbolchilarmiz. O‘yin davomida keskir paslar ijro etish, pressingni dribling bilan yo‘qqa chiqarish singari vazifalar bizga yuklatilgan. Bundan tashqari, ikki hil uslubda to‘p surganimiz uchun ham tandemda harkat qilish ikkimiz uchun ham foydali. Ayniqsa, jarima maydonchasiga yorib kirish bobida, bizning tandem qolganlardan o‘zib ketadi degan umiddaman. Eng muhimi, birga kuchli va samaralari harakat qilish.

Bugungi uchrashuvdan so‘ng, shuni tushunib yetdimki, biz birga harakat qilishimiz lozim. Ana shudnda, raqib jarima maydonchasi oldida havfli vaziyatlar soni ortadi. Sababi, biz hujumdagi keskinlikni ta’minlab beramiz. Endi shu vaziyatlarni golga aylantirish ustida ishlaymiz.

Aniq bilaman, agar biz Pol bilan maydonga birga tushsak, buning uddasidan chiqamiz. Biz bilan “Yunayted” yanada kuchli bo‘ladi.

Ayni damda, u bilan aloqalrimiz juda yaxshi. Biz maydonda ham, uning chetida ham qalin do‘stlashib oldik. U ko‘pincha videoo‘yinlar o‘ynash uchun meni o‘z uyiga taklif etadi.

Umid qilamanki, hammasi ko‘ngildagidek amalga oshadi. Pol ham oldiga juda katta maqsadlar qo‘yadigan futbolchi. Biz jamaoga YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun ko‘mak berishimiz lozim. YECHL nimalarga qodir ekanligimizni butun dunyoga isbotlab qo‘yishimiz uchun juda muhim musobaqa.

Ronalduning munosabati? Albatta, u mening “Manchester Yunayted”ga o‘tishim borasida o‘z maslahatlarini ayamadi.

U o‘z intervyularida mening o‘yinimni maqtaganini eshitdim. Bu juda yoqimli tuyg‘u. U yaqinda menga sms yubordi. E’tiborlisi shundaki, u moslashib jarayoni va klubdagi ahvolim bilan qiziqdi. Tan olaman, uning fikri men uchun juda muhim. Ronaldu singari mega ijrochi bilan terma jamoada to‘p surish va u bilan do‘stona aloqada bo‘lish men uchun katta sharaf.

Manba: ESPN
Kiritildi: 15:40, 21.06.2020.
O'qildi: 7757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.