Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

“Barselona”ning eng qimmat tarbiyalanuvchisi kim?

“Barselona”ning eng qimmat tarbiyalanuvchisi kim?

Baho:
+ | -

Stadion.uz“La Masiya” tarbiyalanuvchilari orasida transfer qiymati 30 milliondan ortiq bo‘lganlari bilan tanishtirib o‘tadi.

Lionel Messini ayni damda Transfermarkt nashri 112 million yevrorga baholamoqda. Leo klub akademiyasiga “ Nyuells Old Boyz” jamoasidan kelgani uchun, bugungi ro‘yxatga qo‘shilmadi. Bugungi kuda Kataloniya tarbiyalanuvchilari orasida eng qimmat futbolchi kim? Bugun ushbu savolga javob izlab ko‘ramiz.

Dani Olmo – 31,5 million yevro

Kataloniya klubi safida 2015 yilga qadar shug‘ullangan bo‘lsada, Dani uchun klub o‘yin amaliyotini taqdim eta olmadi. Nochor qolgan futbolchi Xorvatiyaga yo‘l oldi va uzoq muddat “Dinamo Zagreb” sharafini himoya qildi.

Mavsum boshida futbolchi Xorvatiyaning eng kuchli futbolchisiga aylangach, u bilan bir nechta top klublar qiziqish bildirdi. Ular orasida “Barselona” ham borligi tahsinga sazovor. Shunga qaramay, Olmo Kataloniyaga qaytishdan ko‘ra “RB Leypsig” bilan shartnoma imzolashni afzal ko‘rdi. Ayni damda, jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.

Ektor Belerin – 32 million yevro

 

Ektor Kataloniyani tark etganida, endigina 16 yoshdagi o‘spirin edi. Yaxshiyam-ki, u “Arsenal” bilan shartnoma imzoladi. Aynan “kononirlar” uni super ijrochi darajasiga chiqishida katta rol o‘ynagan.

Bugungi kunda futbolchi “Arsenal”ning eng tajribali futbolchilaridan biri. Uning aytishicha, qachonlardir baribir “Barselona” libosini kiyishiga ishonchi komil.

Andre Onana – 36 million yevro

Onanani “Barselona” 5 yil avval arzimagan summa evaziga “Ayaks”ga qo‘yib yuborgan edi. Endilikda, u sayyoramizning eng kuchli kipperlaridan biriga aylanib ulgurdi.

Yozda Andreaning Kataloniyaga qaytishi borasida mish-mishlar urchigan edi, biroq yakunda klub Ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirdi va Onanaga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qoldi.

Ansu Fati – 36 million yevro

 

Ansu 16 yoshida klub uchun debyut qildi va bir nechta rekordlarni o‘rnatdi. Uning ishonchli o‘yini sababli, klub Messisiz start olgan “La Liga" bahslarida o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q.

Ayni damda, u dunyo futbolidagi eng iqtidorli o‘spirinlardan biri sanaladi. Atigi 17 yoshida 36 million yevroga baholangan Fati uchun grand klublar 100 million yevro to‘lashga ham tayyor.

Serjio Roberto – 40 million yevro

 

Roberto 2011-yilda “Barselona”da debyut qilgan edi. O‘sha uchrashuvdan beri, u klubning asosiy tarkib futbolchisi bo‘lib kelmoqda. O‘zining universalligi bois, u maydondagi istalgan pozitsiyani berkitib yuborishga qodir.

Klub uchun 250 ta o‘yinda maydonga tushgan Roberto 17 ta sovrinni boshu uzra ko‘tardi. Klub uning hizmatlarini yuqori baholadi va 2024-yilga qadar shartnomani uzaytirdi.

Tiago – 48 million yevro

 

Tiagoni futbolchi sifatida kashf etgan Pep Gvardiola uni o‘zi bilan “Bavariya”ga olib ketdi. Pep Myunhenni tark etgach, Tiago klubda qoldi. Ayni damda, u sayyoramizning eng kuchli markaziy yarim himoyachilaridan biri sanaladi.

Bugungi kunda uning “Barselona”ga qaytishi borasida mish-mishlar tobora ko‘paymoqda. Futbolchining o‘zi ham “Nou Kamp”da to‘p tepishga qarshi emas.

Mauro Ikardi – 60 million yevro

 

Ikardi 18 yoshga to‘lguniga qadar “Barselona” akademiyasida tarbiyalandi, biroq klub unga o‘yin amaliyotini taqdim etmadi. Oqibatda, Mauro “Inter” safiga borib qo‘shildi va jamoaning chinakam yetakchisiga aylandi.

Uning hayotiga Vanda Nara kirib kelgach, “Inter”ni tark etishdan boshqa chora topa olmadi. Bugungi kunda PSJning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. E’tiborlisi shundaki, terma jamoada to‘p tepmasligiga qaramay u atigi bir mavsumda Parij klubining asosiy hujumchisiga aylanib oldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:23, 21.06.2020.
O'qildi: 9988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.