Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynashda qiynalyapmiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynashda qiynalyapmiz»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 5-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirdi.

— O‘yin og‘ir kechdi, chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynashda qiynalyapmiz, mana ikkinchi o‘yinda ham shuday bo‘ldi. Hujum chizig‘imiz juda faol o‘yanashi kerak, lekin ular bugun maydonda ko‘rinmadi. Bugun 4 hujumchimiz o‘ynagan bo‘lsa, birortasi raqib darvozasiga zarba bermadi, bunday o‘yin bilan albatta, g‘alaba qozonish qiyin. Bundan tashqari, "Mash’al" besh himoyachi bilan o‘ynagan holda yaxshi himoyalandi. Ko‘p imkoniyat yaratishga bizga imkon bermadi, ular qarshi hujumlarga ham o‘tib turdi.

— Karantin hamma jamoaga salbiy ta’sir qildi. Murabbiy sifatida bunga qanday rejalarni tuzgansiz?
— 3 oylik tanaffus — bu juda ham katta tanaffus. Albatta, individual mashg‘ulotlar bilan futbolchilarning potensialini namoyish etish qiyin. Hozir hamma jamoaning oldida bitta yo‘l bor - o‘yin orqali jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish yoki jamoaviy o‘yinini joriy qilish. Ko‘p futbolchilar o‘z darajasini ko‘rsata olishmayapti. Mana ikkinchi o‘yindirki, Kenjaboyev yoki Bozorov o‘z darajasida o‘ynay olishmayapti.

— O‘tgan turda Umar Eshmurodov "Nasaf" sardori edi, bugun esa sardorlik bog‘ichi Dilshod Rahmatullayevga topshirildi. O‘zgartirish penaltini aniq amalga oshira olmagani bilan bog‘liqmi yoki boshqa sabab bormi?
— Agar mavsum boshida e’tibor bergan bo‘lsangiz, bizning sardorimiz —  Dilshod Rahmatullayev. Unga sardorlikni berganimiz sababi, jamoamizdagi eng tajribali va yoshi katta futbolchilarimizdan biri sanaladi. O‘tgan gal Dilshod Rahmatullayevning jarohati borligi sababli Umar Eshmurodov sardor sifatida jamoani maydonga boshlab chiqqandi.

— Maydonning holati haqida nima deya olasiz?
— Bizga maydon bilan bog‘liq holat ma’lum edi, shu boisdan kecha bu yerga kelib mashg‘ulot o‘tkazdik. Muborakda har doim yaxshi maydon bo‘lardi, hozirgi holati esa yaxshi emas. Buni mezbon jamoa vakillari ham biladi. Maysaning balandligi va maydon notekisligi, balki o‘yinlar mazmunli o‘tishiga ta’sir ko‘rsatayotgandir. Muborakdagi maydon talab darajasida emas, bunga mana bugun guvoh bo‘ldik.

— Doniyor Narzullayevning natijalari yaxshi, mana bugun ham yaxshi o‘ynadi. Uni ortga qaytarish rejangizda bormi?
— Albatta, o‘sishda davom etsa, bundan xursandmiz. Lekin uning ketishi o‘z xohishiga ko‘ra bo‘lgandi. O‘zi mening oldimga kelib, shuni so‘ragandi. Uning oldida "Bunyodkor" va "Metallurg"dan taklif bor edi, u "Metallurg"ni tanladi. Uning hozirgi o‘yinlaridan xursandmiz, balki o‘sishda davom etaversa, yana ortga qaytararmiz.

— "Mash’al" va "Navbahor" bilan o‘yin durang bilan tugadi. Jamoalar o‘rtasidagi tafovut haqida aytib o‘tsangiz.
— Har ikkala jamoa bizga qarshi himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi, lekin "Navbahor"ning saviyasi va darajasi "Mash’al"nikidan yuqoriroq. Lekin men "Navbahor"dan bunchalik himoyaviy o‘yinni kutmagandim. "Mash’al”ning o‘tgan o‘yinlarini ko‘rib chiqqandik, jamoa juda tartibli o‘ynaydi, ammo hech bir o‘yinda 5 himoyachi bilan o‘ynamagandi. Bugun himoyaviy tarzda va qarshi hujumda o‘ynadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:18, 21.06.2020.
O'qildi: 2220 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.