Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

La liga. «Real» muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadamga aylandi! (videosharh)

La liga. «Real» muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadamga aylandi! (videosharh)

Baho:
+2 | -

«Real Madrid» Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida chempionlik yo‘lidagi eng muhim uchrashuvni o‘tkazdi. «Real Sosyedad» esa o‘z maydonida madridliklarga qarshi ancha dadil bahs o‘tkazdi.

Basklar o‘zlarining tajovuzkor o‘yinlari bilan tanaffusga qadar nomdor raqibga xavfli vaziyat uchun imkoniyat berishmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa chaqqon Vinisius himoyachilarni aldab o‘tib, jarima maydoniga kirdi hamda penalti ishladi. 11 metrli jarima zarbasini Serxio Ramos aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Bahsning 69-daqiqasida Adnan Yanuzay jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Ammo VAR ofsaydda turgan o‘yinchi Kurtuaning yo‘lini to‘sib, unga xalal bergani uchun golni bekor qildi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib, Karim Benzema raqib darvozasiga ikkinchi golni urdi. Vaziyatga VAR aralashdi: fransiyalik futbolchi to‘pni o‘ziga bo‘ysundirayotganida bilagi bilan emas, yelkasi bilan o‘ynadi deb topdi. Gol inobatga olindi.

Hujumchi qilishda davom etgan "Sosyedad" 83-daqiqada Mikel Morenoning goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirdi. "Madrid" asosiy vaqtning qolgan 7 daqiqasi, unga qo‘shib berilgan yana 6 daqiqa davomida ishonchli himoyalandi va g‘alabani saqlab qoldi.

Natijada "Real" o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra "Barselona"dan o‘tib ketgan holda peshqadamga aylanib oldi.

Ispaniya La ligasi, 30-tur
Real Sosyedad – Real Madrid 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 50, penalti Ramos, 0:2 – 70 Benzema, 1:2 – 83 Merino.
Real Sosyedad – Remiro, Lyorente, Monreal, Gorosabel (Elustondo, 60), Le Norman, Merino, Subeldiya (Subimendi, 80), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Edegor (Lopes, 79), Portu, Isak (Villian Joze, 79).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Varan, Kroos, Valverde (Modrich, 89), Xames (Asensio, 78), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 78).
Ogohlantirishlar: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lyorente (48), Modrich (90), Merino (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:00, 22.06.2020.
O'qildi: 11118 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик