Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-0 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

O‘zbekiston Kubogi: «Istiqlol» - «Dinamo». Prevyu

O‘zbekiston Kubogi: «Istiqlol» - «Dinamo». Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi «Istiqlol» - «Dinamo» o‘yini bilan jamoalar yangi uchun mavsum rasman boshlanadi.

Samarqand klubi 23 iyun seshanba kuni Farg‘onada «Istiqlol» klubi bilan kuch sinashadi. Bir o‘yindan iborat kubok bahsida g‘olib jamoa keyingi bosqchiga chiqadi.

O‘zbekiston kubogi. Saralashning birinchi bosqichi
23 iyun, seshanba
«ISTIQLOL» (Farg‘ona) – «DINAMO» (Samarqand)
O‘yin boshlanish vaqti: 17:30
Hakamlar: Rahim Karimov, Oybek Kalaxo‘jayev, Husniddin Bahodirov, G‘ayrat Jo‘rayev
Nazoratchi: Shuxrat Bozorov
Komissar: Baxtiyor Shirinov.

O‘zaro o‘yinlar
«Dinamo» «Istiqlol» klubi bilan 2018 yilgi mavsumda ham o‘zaro uchrashib, Samarqandda Dilmurod Karimovning goli evaziga 1:0, Farg‘onada esa Sanjar Baratovning goli evaziga 0:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan edi.

«Istiqlol» qanday jamoa?
Farg‘onaning ushbu klubi bir necha mavsumdan buyon Pro-liga o‘yinlarida Superliga yo‘llanmasi uchun doimiy kurashib kelayotgan klub sanaladi. Avvalgi yillarda jamoani «Neftchi» afsonalari - Sergey Lebedov va Anvar Berdiyevlar boshqarib kelishgandi.

Qaysi futbolchilar to‘p surishmoqda?
Jamoa tarkibida Superliga havosida to‘p surgan futbolchilar talaygina. Jumladan, Abbosbek Maxstaliyev, Xurshid Xo‘jayev, Umid Qodirov, Rustam Abduhamidov, Robbim Hasanov, 21. Elyor Mamasoliyev, Nodir Ashurmatov hamda «Dinamo» sobiq futbolchisi Muydin Mamazulumov singari futbolchilar «Istiqlol» sharafini himoya qilib kelmoqda.

«Istiqlol» qayerda to‘p suradi?
Ushbu klub Farg‘onadagi markaziy arena sanalmish - «Istiqlol» stadionining mezboni sanaladi. «Dinamo» bilan o‘yin ham aynan ushbu o‘yingohda o‘tkaziladi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:41, 23.06.2020.
O'qildi: 2094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик