Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

La liga. Rakitichning goli «Barselona»ga g‘alaba keltirdi

La liga. Rakitichning goli «Barselona»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Barselona» o‘z uyida «Atletik Bilbao»ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kataloniyaliklar o‘yinni ancha tajovuzkor boshlashdi. Bahs boshida Busketsning aniq zarbasini himoyachi bosh bilan qaytarib qolgan bo‘lsa, Suaresning zarbasidan keyin to‘pni darvozabon egallab oldi.

Bilbaoliklar esa o‘zlariga kelib olishdi va tanaffusga qadar raqibning xavfli vaziyat yaratishiga yo‘l qo‘yishmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Messining uzatmasidan keyin Grizmann darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi, ammo uning zarbasini Unay Simon ko‘kragi bilan qaytardi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga Puch, Rakitich va Fatining tushirilishi "Barsa"ning o‘yinini jonlantirdi.

Bahsning 71-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Tashkil etilgan keskin hujum natijasida Messi raqib jarima maydoni ichida himoyachini aldayotgan paytda Rakitich to‘pni ilib ketdi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda "ko‘k-anorranglilar" hisobda farqni oshirishlari kerak edi. Alba chap qanotdan yetkazgan uzatmani Vidal yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Unay Simon qaytargan to‘pni Fati yaqin masofadan yana darvoza tomon tepdi. To‘p ustunga tegib qaytdi.

Ushbu g‘alaba evaziga "Barselona" o‘z ochkolarini 68taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 31-tur
Barselona – Atletik 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 71 Rakitich.
Barselona – ter Stegen, Alba, Semedu, Langle, Pike, Buskets (Rakitich, 64), Vidal, Artur (Puch, 56), Suares (Breytueyt, 85), Grizmann (Fati, 65), Messi.
Atletik – Unai Simon, Balensiaga, De Markos, Yeray Alvares, Lekue (Kapa, 69), Unai Lopes (Dani Garsiya, 57), Vesga, Kordoba (Muniain, 57), Sanset (Raul Garsiya, 78), Nunyes, Uilyams (Vilyalibre, 69).
Ogohlantirishlar: Buskets (32), Nunyes (62), Rakitich (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:05, 24.06.2020.
O'qildi: 4304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик