Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Qo‘qon-1912” - “Surxon”: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

“Qo‘qon-1912” - “Surxon”: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Superligasi 6-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Surxon” uchrashuvi ertaga Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 18 marta to‘qnash kelishgan.
“Surxon” o‘yinlarning 9 tasida zafar quchgan, 8 ta bahsda vakillarimiz qo‘li baland kelgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 32-29, “Surxon” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Surxon” 28 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 25 tani tashkil etadi.

Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar:
17.08.2019 Qo‘qon 1912 - Surxon - 2:1
27.10.2003 Qo‘qon 1912 - Surxon - 4:1
22.06.2002 Qo‘qon 1912 - Surxon - 3:1
27.09.2000 Temiryo‘lchi - Surxon - 2:3
21.08.1999 Temiryo‘lchi – Surxon - 0:5
19.08.1998 Temiryo‘lchi – Surxon - 3:2
25.06.1995 Temiryo‘lchi – ASK - 0:2
24.04.1994 Temiryo‘lchi – ASK - 2:0
07.05.1992 Temiryo‘lchi - Surxon - 2:0

Hakamlar
25 iyun kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Surxon” uchrashuvini Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradigan bo‘ldi.

Superliga.
6-tur
25 iyun, payshanba
QO‘QON-1912 – SURXON
Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Galeev, Doniyor Saylavov, Alisher To‘xtasinov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Boshlanish vaqtlari
"Qo‘qon-1912" -“Surxon” uchrashuvi, 25 iyun, payshanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” o‘yingohda, soat 18:15 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 6-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin Qo‘qon shahridagi 2-BO‘SM stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Mazkur futbol uchrashuvlari yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz tashkil etiladi.

Manba: www.kokand-1912.uz
Kiritildi: 10:11, 24.06.2020.
O'qildi: 1478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик