Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Dunyo futbol yulduzlari 33 yoshni qarshi olgan Lionel Messi haqida

Dunyo futbol yulduzlari 33 yoshni qarshi olgan Lionel Messi haqida

Baho:
+ | -

Dunyoning eng yaxshi futbolchilari haqida qayerda gap ochilmasin, albatta, futbol muxlislari kamida ikkita nomni alohida tilga olib o‘tadi. Ularni tilga olmaslikning ilojisi yo‘q. Boisi ular o‘z o‘yinlari bilan shu darajaga yetishga muvaffaq bo‘ldi. Qayerda bo‘lmasin, o‘z nomlarini tilga olishga to‘g‘ri ma’noda majbur qila oladigan natijalarni qayd etishdi. Cho‘qqiga chiqish oson emas, ammo o‘sha cho‘qqini so‘nggi 10 yil davomida o‘ziniki qilishdek katta vazifani ham ular uddalab kelmoqda. 24 iyun — ana shu cho‘qqining sohiblaridan biri Lionel Messi o‘zining 33 yoshini qarshi oldi.

Messi haqida soatlab, oylab gapirish mumkin. Hali yillar davomida u haqida gapiriladi. Ammo hozir uning rekordlari, natijalari va sovrinlar haqida uzundan uzun hikoya qilish niyatida emasmiz. Aksincha Leo haqida uning hamkasblari tomonidan bildirilgan eng sara iqtiboslarni taqdim etish maqsadga muvofiq deb bilamiz.

«Birgina Messining o‘zi «Real»ning (Ronaldu, Beyl, Benzema — «Daryo») uchligidan ko‘proq muammo tug‘diradi».
Diyego Simeone

«Ko‘pchilik UYEFA taqdirlash marosimida u bilan kulib gaplashganimga hayron bo‘ldi. Bizning do‘st emasligimiz aniq. Lekin men Messiga raqib sifatida emas, aksincha, yanada yaxshiroq bo‘lishimga sababchi bo‘layotgan inson sifati qarayman. O‘z navbatida uning o‘sishiga esa men sababchiman».
Krishtianu Ronaldu

«Messi bilan birga o‘ynash – aql bovar qilmas darajada zavqli. U nafaqat, so‘nggi 15 yillikning eng yaxshi o‘yinchisi balki, barcha davrlarning eng zo‘ri».
Ivan Rakitich

«Messi – eng zo‘ri. Bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot bo‘lishi kerak, chunki Messi biz uchun haddan ziyod yaxshi. Yoki aksincha, biz u uchun haddan ziyod kuchsizmiz».
Yurgen Klopp

«Messiga o‘ng oyoq kerak emas. Shu bilan ham u dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Tasavvur qilib ko‘ring, agar u ikkinchi oyog‘idan ham shunday foydalanganida nima bo‘lardi».
Zlatan Ibrahimovich

«U faqat oldinga qarab yuradi. U hech qachon to‘pni oldinga yoki yon tomonga uzatmaydi. Unda faqat bitta fikr – o‘z maqsadiga erishish bor. Shunday ekan, muxlis sifatida uning o‘yinidan zavqlaning.»
Zayniddin Zidan

«Barselona» hali ‘Messi Barselonasi’ deb yodga olinadi. U – men ko‘rgan eng yaxshi futbolchi. Axir, u o‘zga sayyoralik-ku».
Karles Puyol

«Ochig‘ini aytsam, men uni odamga o‘xshatmayman».
Luis Enrike

«Messi – bu klass. Futbolda u va boshqalar bor. U qilayotgan ishlar aqlga sig‘maydi».
Frank Riberi

«Hayotda 3-4 ta muhim narsa bor: kitoblar, do‘stlar, ayollar... va Messi».
Antoniu Lobu Antunesh

«Men hech qachon Messiga o‘xshaganini ko‘rmaganman. U – Xudo yaratgan mo‘’jiza».
Arda Turan

«Messining boshqalardan ustun ekani tushunarli. Kimdir buni ko‘rmayotgan bo‘lsa, demak uning ko‘zida muammolar bor».
Xavi

«Messi – haqiqiy futbolchi. U xuddi PlayStation’dagidek harakat qiladi».
Radamel Falkao

«Messining o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlaydi».
Luish Figu

«U haqida yozmang, unga ta’rif bermang. Shunchaki, uning o‘yinini tomosha qiling».
Pep Gvardiola

«Messi – futbol olami uchun bebaho ne’matdir. Chunki u butun dunyo bolalariga o‘rnak bo‘la oladi. U tengsiz».
Yoxan Kroyf

«Messi erishgan yutuqlar g‘ayrioddiy hodisa. U – favqulodda iqtidor egasi. U yoshligidan Zidan, Maradona, Kroyf va Pele darajasida o‘ynagan».
Yupp Haynkes

«Mening farzandlarim Messini judayam yaxshi ko‘radi. Faoliyatimni tugatib, u bilan birga o‘ynaganimni eslash yoqimli bo‘ladi. Men uchun eng zo‘ri Messi bo‘lib qolaveradi».
Jon Terri

«Messi – dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi. Bu bilan Ronalduni yomon demoqchi emasman, u ham aql bovar qilmas darajadagi futbolchi. Ammo Messi – xuddi boshqa sayyoradan kelgandek. Bir yilda 90 ta gol urgan o‘yinchi oddiy odam bo‘lishi mumkin emas. Buni faqat PlayStation'da qilish mumkin».
Jennaro Gattuzo

«Messining ajoyib oyoqlari bor. Uning o‘yiniga qarab, qanchalar rasvo o‘yinchi bo‘lganimni tushunaman».
Gari Lineker.

«Messi xuddi PlayStation'dagi personajga o‘xshaydi. U sizning istalgan xatoyingizdan foydalanishi mumkin. U imkonsiz narsalarni amalga oshirmoqda. Unda o‘ziga xos nimadir bor».
Arsen Venger

«Messi deyarli erishib bo‘lmaydigan natijalarga erishdi. Kimdir uning natijalarini takrorlay olishiga shubham bor. Tan olish lozim, Messi – dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi».
Janluiji Buffon

«Messining o‘yinini ko‘rib: u har yili «Oltin to‘p»ni olishi kerak deb o‘ylayman. Men uchun u Krishtianu Ronaldudan kuchliroq. Uning maydondagi xatti-harakatlari bolalar uchun ibratdir».
Paolo Maldini

«Messi – haqiqiy daho. Unda hamma narsa bor. U maydonni yaxshi ko‘radi, chap oyoqda Maradona singari o‘ynaydi. Bundan tashqari, u haqiqiy jentlmen. Men hech qachon Messi haqida yomon gap eshitmaganman».
Frans Bekkenbauer.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:00, 25.06.2020.
O'qildi: 9855 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.