Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Baxtiyor Ashurmatov: «Futbolchilarim bilan faxrlanaman»

Baxtiyor Ashurmatov: «Futbolchilarim bilan faxrlanaman»

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasi 6-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Surxon" uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

“Surxon” bilan bo‘ladigan o‘yinni murabbiy sifatida hayajon bilan kutayotgandim. Negaki, termizliklar safida Shavkat Salomov, Aleksandr Kasyan, Husniddin G‘ofurov, Bubanya kabi ko‘plab tajribali o‘yinchilar bor edi. Bunday futbolchilar har qanday jamoani kuchaytirishga qodir, deb o‘ylayman.

Lekin bugun shogirdlarimiz o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Bunday yigitlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Chunki, havo issiq bo‘lishiga qaramay, g‘alaba uchun borlarini berib o‘ynashdi. Futbolchilar jismoniy holatlari yaxshi ekanligini namoyish etishdi. Keyingi o‘yinlar ham bunday tempni saqlab qolishga harakat qilamiz.

Gapni ochig‘i, birinchi bo‘lim og‘ir bo‘layotganiga sabab raqiblarimiz ham birinchi taymda yaxshi o‘ynamoqda, ishnchli himoyalanishoqda. Gol urgandan keyin bizda bo‘sh hududlar paydo bo‘lmoqda va qarshi hujumdan samarali foydalanyapmiz. Hisobni ochguncha futbolchilarda ham bosim bo‘lmoqda. O‘yinni ikki qismga bo‘lishimiz mumkin, gol urguncha va goldan keyin. Gol urib olgach, osonroq bo‘ldi, vaziyatlarni ham ko‘p yaratdik. Birinchi bo‘limdagi o‘yindan ham murabbiy sifatida ko‘nglim to‘ldi. Bugun g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatdik.

Raqib jamoa safida Shavkat Salomov va buydor himoyachilar yaxshi taassurot qoldirishdi. Shunday bo‘lsa-da bugun uchta gol kiritishga erishdik. Bugungi g‘alaba bilan muxlislarimizni  tabriklayman.

Muzaffarov bugun o‘yin qaydnomasiga kiritildi. Agar bugun kerak bo‘lganida uni 20-30 daqiqaga maydonga tushirishimiz mumkin edi. Ammo hisob 2:0 bo‘lgach, uni maydonga tushirmadik. Ishonamanki, bu futbolchimiz keyingi o‘yinlarga 100 foiz maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.

Biz har o‘yindan oldin raqib o‘yinini murabbiylar va futbolchilar bilan tahlil qilib boramiz. Kerakli tarkibni va taktikani tanlaymiz. Bugungi g‘alabada Zohid Nurmatov, Davron Fayziyev va murabbiylar shtabidagi barchaning hissasi katta bo‘lganini aytib o‘tishim joiz. Rahbarlarimiz ham tayyorgarlik jarayonida bizga barcha sharoitlar yaratib berishmoqda. Ahil jamoa tuzdik. Bugungi o‘yindan keyin shogirdlarimdan faxrlanib ketdim. Bugungi bahs oldidan xavotirim bor edi. Endi safar uchrashuvlarida ham kerakli natijalarni qo‘lga kiritib, muxlislarimizni xursand etamiz, degan umiddaman", — dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 21:59, 25.06.2020.
O'qildi: 1979 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.