Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. “Metallurg” – “Navbahor”

Prevyu. “Metallurg” – “Navbahor”

Baho:
+ | -

27 iyun kuni Coca Cola Superliga 6-turi doirasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar Superliga (oliy liga)da shu kungacha 46 marotaba o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning  20tasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 13ta uchrashuvda bekobodliklar zafar quchishgan, 13ta bahsda esa jamoalar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbatidagi ustunlik "Navbahor" tomonida: 65 — 47.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 73 ochko, bekobodliklar esa 52 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Navbahor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 7:0ga teng bo‘lsa, bekobodliklarning namanganliklar ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 5:1.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, Bekobodda bo‘lib o‘tgan 23ta o‘yindan 12 tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan, 8ta bahsda durang qayd etilgan, 3ta o‘yinda esa “Navbahor” zafar quchgan.    

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv  27 iyun kuni Bekoboddagi “Metallurg” o‘yingohida soat 19:00da start oladi.

Bo‘lajak bahsda sevimli jamoamizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:31, 25.06.2020.
O'qildi: 1857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик