Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Antoni Marsialning o‘yini qay tariqa o‘sib bormoqda?

Antoni Marsialning o‘yini qay tariqa o‘sib bormoqda?

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” murabbiyi Ole Gunnar Sulsher kechagi (3:0) o‘yin haqida fikr bildirar ekan, o‘yin qahramoni Antoni Marsial haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Antoni imkoniyatlardan yaxshi foydalandi, lekin uning hammaning e’tiboridan chetda qolayotgan jihati – raqib himoyasiga pressing uyushtirishi maqtovga loyiq. Bu borada ham u juda foydali harakat qildi”.

Ochig‘i, shu fikrni dastlab o‘qiganimda, Sulsher bu gaplarni ataylab, istehzo bilan aytyapti va shu jihatdan ko‘proq harakat qilish kerakligini Marsialga bildirib qo‘ymoqda, deb o‘yladim. Chunki “MYU” o‘yinlarini kuzatsangiz fransiyalik hujumchi to‘psiz eng passiv harakat qilayotganga o‘xshaydi, ko‘pincha, bor imkoniyatini ishga solmayotgani haqida fikrlar ko‘p bo‘ladi.

Yo‘q, aslida Sulsher hammasini to‘g‘ri aytgan, Antoni aynan mana shu yo‘nalishda o‘sib borayotgani fakt ekan. Masalan, 2017/18 mavsumida, Joze Mourinyo qo‘l ostida, u bir o‘yinda o‘rtacha 3.12 marta maydonning oldingi uchdan bir qismida pressing amalga oshirgan. 2018/19, ya’ni Mourinyo va Sulsher ishlagan mavsumda esa, bu ko‘rsatkich 3.94 gacha ko‘tarilgan.

Bu yili esa, Marsial eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda. Hali oldinda o‘yinlar kutib turibdi, lekin u allaqachon “MYU” dagi APL gollari (14) va barcha musobaqalardagi gollar (19) soni bo‘yicha shaxsiy rekordini o‘rnatdi. Yuqorida tilga olingan o‘rtacha pressing ko‘rsatkich esa 8.63 ni tashkil qilyapti. Albatta, bu bilan Sulsher qo‘l ostida fransuz har jihatdan yetuk futbolchiga aylanayotganini aytish mumkin.

Darvoqe, Antoni Marsial yana bir qora an’anaga chek qo‘ydi. 2013 yilgi chempionlik o‘yinida Robin van Persining xet-trigidan buyon, o‘tgan 7 yilda “MYU” futbolchilari APL doirasida xet-trik amalga oshira olmayotgan edilar.  Marsialning uch goli ham uning faoliyatidagi ilk xet-trik bo‘lish bilan birga, mana shu noxush an’anani tugatdi.

APLdan tashqari o‘yinlarda Fergyuson davridan beri uch bora xet-trik qayd etilgan. 2014 yilda YECHL pley-offda Robin van Persi “Olimpiakos” darvozasiga, 2015 yilda Ueyn Runi “Bryugge” bilan YECHL saralashida, hamda 2017 yilda Zlatan Ibrohimovich Yevropa Ligasi doirasidagi “Sent-Etyen”ga qarshi uchrashuvda.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 00:32, 26.06.2020.
O'qildi: 4980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.