Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Qahramon Aslanov maqolasi: «Liverpul» va Xenderson haqida

Qahramon Aslanov maqolasi: «Liverpul» va Xenderson haqida

Baho:
+ | -

Fevral oyida Gari Lineker bir fikrni ilgari surgandi: «Jarohat Xendersonning «yil o‘yinchisi» bo‘lishi uchun yaxshi imkoniyat yaratib beradi».

Qizig‘-a, odatda teskarisi bo‘lishi kerak emasmidi? Yo‘q, Xenderson kabi futbolchilar uchun bu ta’rif mos keladi.

Fevral oyida «Liverpul» sardori Jordan Xenderson jarohat oldi. Mag‘lubiyatsiz seriya bilan odimlayotgan «qizillar» darhol «Uotford»ga yutqazishdi. Keyin Angliya kubogi bahsida «Chelsi»ga imkoniyatni bor berishdi.

Linekerning boyagi gapi o‘shanda aytilgan va statistikachilar darrov vaziyatni o‘rganishdi - «Liverpul» Xenderson bilan tarkibda 34 o‘yindan 6 tasini yutqazgan, Xendersonsiz esa, 13 o‘yindan 5 ta. Farq ikki barobardan ko‘p.

Borligi bilinmaydi, yo‘qligi bilinadi, deb mana shunday futbolchilarni nazarda tutishadi, menimcha.

Umuman olganda, o‘rtamiyona, iqtidori haminqadar bo‘lgan yosh futbolchining (hatto Fergyuson uni g‘alati yugurar ekan, degan) dunyoning eng yaxshi jamoasi sardori bo‘lishida ulkan mehnat va tartib yotibdi, desak xato bo‘lmaydi.

«Sanderlend»dagi jamoadoshi Darren Bentning aytishicha, bir marta Xendersonning yuragi tez urib, mashg‘ulotdan ko‘tarib olib chiqishgan. Murabbiy sal sekinroq harakat qilishni, aks holda, infarkt bo‘lish hech gap emasligini aytib, ogohlantirgan.

Kim nima desa desin, bugungi «Liverpul» avvalgilarga o‘xshamaydi. Ayniqsa, APL dagi mavsumda. Bugungi «Liverpul» xarakterini tentak Klopp ham, viqorli Van Deyk ham, tomoshabop Saloh ham ochib bermaydi.

Bugungi «Liverpul» Xenderson kabi mehnatkash, intizomli va kurashuvchan.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 16:01, 26.06.2020.
O'qildi: 3667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик