Niderlandiyalik vinger Entoni Musaba rasman "Monako" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi monegaskliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum futbolchi NEK safida Niderlandiya chempionatida 7ta gol urib, 5ta golga assistentlik qilgan.